Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Yodgor Sa’diyev “Shaytanat”ning yangi qismi qachon chiqishini aytdi

“Shaytanat” videofilmi o‘zbek kinosini tarixida o‘z o‘rniga ega. O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyev ijrosidagi Asadbek obrazi hamon tomoshabinlar xotirasida yashab kelmoqda. Sa’diyevni haligacha Asadbek deb chaqiradiganlar ham bor. O‘zbek milliy akademik drama teatrining aktyori, O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyev “Qalampir.uz”  saytiga bergan intervyusida “Shaytanat”ning 21-qismi ustida ishlayotgani haqida ma’lum  qildi.

“Bundan bir necha yil ilgari “Shaytanat”ning 21-qismini suratga olib qo‘ygandik, montaj qilinmagandi. Turmush o‘rtog‘im “Shuni oxiriga yetkazing”, deb o‘zi ham ko‘rmay ketdi. Hozir uning shu iltimosini bajaryapman. Montaj tugadi, endi ovozlashtirish ishlarini nihoyasiga yetkazsak, uning iltimoslaridan birini bajargan, ruhini shod qilgan bo‘laman”, deydi Yodgor Sa’diyev.

Aktyor suhbat davomida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malikning to‘rtta asari ustida ish boshlagani,  “Murdalar gapirmaydi” nomli asari asosida film suratga olmoqchiligini ham aytdi.

Suhbat davomida O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyev turmush o‘rtog‘ining vafotidan so‘ng ancha qaddi bukilgani biroq tushkunlidan chiqib ketishga harakat qilayotgani, rafiqasining so‘nggi iltimosi haqidagi sirlarini ochdi. Suhbatning to‘liq shaklini tez orada “Qalampir.uz” saytida o‘qishingiz mumkin.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 29.08.2016 21:13
- Категория: Kun Yangiliklari!
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz