Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Senga Oshiqman "Film Nima Bilan Tugaydi"

Tobor avj olib borayotgan ushbu film davomiyligi nima bilan tugashi barchani qiziqtirayotgan bo'lsa, demak biz bunga qisqacha tafsilotlar berib o'tamiz....

Shidad bilan avj olayotgan serialning kelgusi qismlari Ishani va Chiraagning to'ylaridir, Bu to'y bo'ladimi? yo'qmi? bu hammaga birday qiziq. Anashu vaqtda avvalgi qismlarida ko'rgan bo'lsangiz Ranveerning oyisi qiz izlayotgan bo'lardi. Bu qizni ham topadi. Qizning ismi Reticka bo'ladi. Ranveer to'yni to'htatish maqsadida Chiraag avval gaplashib tashlab ketgan qizlarining videolari bilan qo'rqitmoqchi bo'ladi. Afsuski bu ham yordam bermaydi. Ranveer Ishaniga qarshi Retickaga to'yga rozilig beradi. Reticka Ranveerni sevib qoladi, ammo Ranveer Ishanini sevishini biladi. 

Shunday qilib ikki juftliklarning to'y kunlari belgilanadi, to'ylari bir vaqtda bir uyda xattoki sud ishi ham shu kuni ko'riladi. O'sha kun keladi sud boshlandi sudda Parrehlar yutqazadi. Pulsiz qolishini bilgan Chiraag Ishaniga uylanmay u bilan butunlay orani ochiq qiladi, va Retickaga xushomad qilishni boshlaydi. Ishani to'yi buzulib sevgi azobida qolganini ko'rgan Ranveer ham tushgunlikga tushadi. Ranveerni tushgun holda ko'rgan Reticka tabassum bilan Ranveer va Ishaniga baht tilaydi. So'ngra xushomad qilayotgan Chiraagni har tomonlama sharmanda qiladi. Demak Chiraag endi o'yindan chiqdi.

Ranveer va Ishanining to'ylari bo'lib o'tadi, ular endi eru-xotin... Parrehlar endi qashoqlikdan holos bo'lishadi va Ranveer yani avvalgi uylariga ko'chib o'tishadi. Bu ish Ranveerning oyisiga yoqmasligi turgan gap.... Diqqat qiling serial tugamadi, Aksincha yana qizimoqda! Nima bilan deysizmi????? Endi Ishanining haqiqiy otasi paydo bo'ldi. Chiraag.... Eh Chiraag endi u qasos olishga kirishdi. 

Chiraag yana sodda Ishanini o'ziga ishontiradi. Chiraag Ishanining otasi va Ranveer haqida uydirmalar to'qiydi va Ishani Chiraagga butunlay ishonadi va Ranveerga xiyonat qiladi. Sodda Ishani Ranveerning barcha xujjatlarini Chiraagga beradi. Chiraag Ishaniga bor haqiqatni ochiq aytib beradi, Ishanining ko'zi ochiladi va Ranveerga nisbatan uydirmalar qila boshlaydi va Ranveerni otib ketishadi. Ranveerni otmaslaridan avval Ishaani xiyonat qilganini biladi, va Ranveerni otishadi. Ranveer endi o'lim to'shagida, bu ishlardan Ishaani o'zini aybdor his qiladi va Aslida Chiraagni emas Ranveerning so'zlarini sevganini tushunib yetadi. Esingizda bo'lsa Ishani Chiraagni sevib qolishi uchun Ranveerni so'zlaridan foydalangan edi. Ranveer o'lmaydi xayoti davom etadi. Lekin endi avval sevgisnini talashib g'azablangandan ham battar g'azabda. Endi Ranveer parrehlarga bosim o'tkaza boshlaydi. Endi Ranveer emas Ishani Ranveerning sevgisi uchun kurasha boshlaydi.

Bu orada Chiraagning qashoqdan farqi qolmaydi. Ranveer ham Ishaniga qarama qarshi ish qila boshlaydi. O'zga qizlar bilan gaplasha boshlaydi, buni ustiga Ishani ko'z oldida yotog'iga o'zga qizlarni olib kiradi. Ranveerning bu ishidan g'azablangan ishani unga javoban o'z yotoqxonalariga o't qo'yadi. Bu ajrashish uchun bir qadam bo'ladi. Bu orada Chiraagning navbatdagi zarbasi ularning yanada sevishishlariga sabab bo'ladi. Ularning oila a'zolari bir birlariga nafrat ko'zlari bilan boqsada aslida bir birlariga mehribon edilar. Chiraagning keyingi xiylasi ham amalga oshmaydi. Bu orada Ranveer va Ishani sevgilari borgan sari kuchayib borardi. 

Chiraagning qasos olish darajasi endi eng yuqori cho'qisiga chiqdi. U Ranveer bilan janjalashib sal kam Ranveerni chala o'lik qilib qo'yadi, lekin Ranveer o'rniga o'z qazogan chog'ga o'zi tushib, o'z aybi bilan Chiraag o'ladi. Bu kuzatgan Ishani Ranveerga g'azab bilan men seni sevmayman, bu bir o'yin edi deb aytadi. So'ngra Ranveer va Ishani qonuniy nikohlarini bekor qiladilar. Ishani Chiraagni o'limini o'z zimasiga oladi va jazoga tortiladi. 

Xaaa bu serilaning birinchi fasli edi. Nasib qilsa ikkinchi faslini ham sizlar bilan birga ko'ramiz.  Bizni kuatib boring. • Serialni Ko'rish (serverda)

Maqolani siz azizlar uchun Oydin Abdulayeva manbalar orqali o'zbekchada tayyorladi...

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 12.06.2015 17:57
- Категория: Muhim Xabarlar!
Рекомендуем
Salom Butun o`zbekisaton bus serial endi qo`ylimiydi bu 100 emas 10000000 %. Mana hozi kelin dgan serial q6yilvotti u ham z6r ekan km k6rvotgan b6sa lekin vawwe backana va detski ekan voqealari z6r. Lekin bu serial vawwe z6r edi yoshlar kanalidan iltimos qilamiza q6yishsin wu kinoni mayli qirqib tawawsayam agar q6yiwmasa butun 6zbelar uladan xafa boladi
Bu seriyalng oxirgi qisimlar bizga to'g'ri kelmaymi deyman
Admin bu serial qachon bowlanadi
Raxmat ikkinci fasl ini kutib qolamiza
Endi korsatishmidimi?
serial nega toxtatildi?
Iltimos 2-chi fasl voqealar rivojini ham yozila rahmat
Эх шундай кино тугадия,маза килиб курардик оиламиз билан.

1-10 11-20 21-30 ... 51-60 61-66

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz