Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
ARK Guruhi Bilan Exlusiv Muloqot...

 

Assalomu Alaykum xurmatli Ark Guruhining muxlis va muxlisalari. Sizlar bilan www .moqina.net "Shou-Biznes" loyixasida yana bir bor uchrashib turganimizdan xursandmiz.

 

Hozirgi kunga kelib yuzlab, minglab o'zining muxlis va muxlisalariga ega bo'la olgan, o'z qo'shiqlarida "hayot"ni, "sevgi"ni, "do'stlik" tushunchalarini  anniq va ravon bayon etib bera olgan, shuningdek hech kimga o'xshamaydigan yo'nalishda ijod qilib kelayotgan Ark Guruhi bilan Exclusive suhbat.

O'ylaymizki Ark Guruhining ijodi haqida o'zingiz qiziqqan  savollarga aynan shu loyixamizdan javob topasiz.

Ark Guruhi bilan suhbatimizni boshlashdan avval ularning qanday qilib san'atga kirib kelganliklari haqida qisqacha ma'lumot berib o'tsak.

Ark Guruhi 3 nafar yigitlardan iborat. Bular Olim, Farrux va Dilmurod. Olim bilan Farrux ikkalasi birga kursdosh bo'lib yurgan paytlarida Farrux she'rlar yozishni yoqtirardi. Olim esa san'atga ya'ni qo'shiq aytishga judayam qiziqardi. Olim Farruxga birga  ijod qilishni taklif qiladi. Farrux bunga rozi bo'ladi va ilk premyera uchun she'r yozadi. "Iztirob"  bu Ark Guruhining birinchi ijod maxsuli xisoblanadi. Shuni ma'lum qilamizki, bu qo'shiq hozirgi kungacha hali hamon yakunlanmagan. To'g'ri bu qo'shiq muxlislar e'tiboriga taqdim etilgan, lekin Ark Guruhi uchun bu to'liq ko'ngildagidek yakunlanmagan.  O'sha yillar 2010- yil oxirlari edi. Bu ijodkorlar san'at yo'lini tanlab, o'zgacha bir yo'nalish hech kimning ijodiga o'xshamaydigan yangilik yaratishga intildilar. Bu orada ularning safiga Dilmurod qo'shildi. Albatta uning talanti inobatga olingan xolda. Ular birgalashib Guruh nomini o'ylab topishdi va uni "ARK" deb nomlashga qaror qilishdi. Buni qarabsizki Ark Guruhi tez orada siz aziz muxlislarning qalbingizdan joy olishga ulgurishdi. Ularning shaxsiy va san'at sohasidagi sizni qiziqtirgan savollarga o'zlari bergan Intervyudan bilib oling.

 

1.  Axmedov Olim 1990-yil 24- fevral Buxoro viloyati G'ijduvon tumanida tug'ilib o'sgan. Asli sohasi "San'at va madaniyat". Xobbiysi bu Fudbol ko'rish va Fudbol o'ynashga qiziqadi. Oilada  5 kishi bo'lib, oyisi,adasi va ikta akasi bor. O'zi kenja farzand. Hali beri uylanmagan. Ijodga bo'lgan qiziqishining asosiy sababi bu uning mexribon onasi. Onasining orzusini amalga oshirish uchun ham yaxshi san'atkor bo'lishga intiladi. Bo'sh vaqtlarida fudbol ko'radi yoki fudbol o'ynaydi. Kiyinish uslubi boradigan joylariga qarab tanlanadi ko'chada spartivni kiyinadi har xil marosimlarga klassicheski kiyimda boradi. Uning yaxshi ko'rgan taomi manti. Yoqtirgan rangi qora va seriy. "DEVDAS" kinosini sevib tomosha qiladi. Yolg'onchilar, g'iybatchilani yomon ko'radi. Yoqtirgan qo'shig'iga kelsak u ko'proq kayfiyatiga qarab qo'shiq eshitadi. O'zining harakteri haqida aytishicha ilgari og'ir, bosiq bo'lgan san'atga kirib kelganidan keyin o'zgargan asabiy bo'lib qolganman deydi. Birinchi muhabbati bo'lgan. U haqida eslashni xohlamadi. Uning aytishicha juda ko'p qizlarni yoqtirgan lekin birortasiyam orzusidagi qiz emas. Manimcha orzuimdagi qizni uchratmadim, uchratmasamam kere. U qiz jannatlarda...

2. Abdullayev Farrux 1989-yil 17-aprel Toshkent shahrida tug'ilib o'sgan. Asli soxasi "San'at va madaniyat" . Xobbiysi har xil sport turlariga qiziqadi. Oilada 5 kishi bo'lib, oyisi, adasi, bitta akasi, bitta ukasi bor. O'zi ikkinchi farzand. Hali beri uylanamagan. Ijodga shunchaki qiziqqani uchun san'atni tanlagan. Bosh vaqtlarini do'stlar davrasida o'tkazishni xush ko'radi. Kiyinish uslubi zamonaviy. Yaxshi ko'rgan taomi qazi, xasib. Yoqtirgan rangi qora. "TITANIK" filmini sevib tomosha qiladi. Doim tinglaydigan qo'shig'i Shoxruhxon-"Sen ketma". O'zining harakteri haqida aytishicha u judayam og'ir va bosiq. Birinchi muhabbati bolaligida birinchi bog'cha opasi Gulbahor ismli qiz bo'lgan. Bu qiziq bo'lsa kerak a??? Orzuingizdagi  qizni uchratganmisiz digan savolimizga javob berishni istamadi.

3. Tadjiyev Dilmurod 1987-yil 20-fevralda Toshkent shahrida tug'ilib o'sgan. Asli soxasi tadbirkor. Xobbiysi Fudbol. Oilada 4 kishidan iborat. Oyisi,adasi bitta ukasi bor. Katta farzand. "Akfa" kompaniyasida ishlamoqda.( kechirasiz muxlis Dilmurod haqida bilgan ma'lumotlarimiz shu. O'zi bilan aloqaga chiqishga xarakat qildik. Ayrim sabablarga ko'ra buni imkonini topalamadik)

 

 

Siz hozir ARK Guruhi ijodkorlari haqida bilib oldingiz. Ana endi ularning ijodlari haqidagi savollarga  o'zlaridan olgan javoblarimizdan bilib oling.

Ark Guruhining ijodga qo'ygan ilk qadamlari? 

Olim:  Biza ijodga o'ygan ilk qadamlarimiz haqida gapiradigan bo'lsak u paytda hali talaba edik. Farrux bilan kursdosh bo'ganmiza. Mani qo'shiq etishga qiziqishim, uni she'r yozishga bo'lgan mahorati bizani ijod qilishimizaga sabab bo'lgan. 2010-yil oxirlarida biza o'z faoliyatimizani boshlaganmiza. Oradan ikki oy vaqt o'tib Farruxdi taklifi bilan oramizaga Dilmurod qo'shilgan. Ana o'shandan keyin biza ya'ni Ark Guruhi san'atga ilk qadamlarimizani qo'yganmiza.

Ilk bora yaratilgan qo'shig'ingiz nomi va u haqida???

Farrux: Bizani ilk yaratilgan qo'shig'imiza  "Istirob" deb nomlanadi. Bu qo'shig'imiza haligacha yakunlanmagan. To'g'ri muxlisla e'tiboriga havola etilgan,tarqatilgan lekin biz haligacha u qo'shiqni ko'ngildegidek yakunlaganimiza yo'q.

Hozirgi kunga kelib qo'shiqlaringiz va kliplaringiz soni nechtaga yetdi?

Olim: Hozirgi kunga kelib muxlislarga taqdim etilgan 40 ta qo'shig'imiza bor. Bulardan "SAROB" va "AYBDORSAN" deb nomlangan qo'shig'imizaga klip oganmiza jami 2 ta klipimiza bor.

Qo'shiqlaringizni yaratilishida asosan kimlar katta rol o'ynedi?

Farrux: Qo'shiqlarimizani yaratilishiga biza judayam kotta axamiyat beramiza shuningdek har bitta aytilayotgan so'zlariga yoki bo'lmasam uning aytilishiga, shunday ekan bizani o'zimizani jamoamiza bor ya'ni Ark Guruhining ijodini eng birinchilardan bo'lib tinglab, baxo berib, yoqmagan joylariga o'zgartirishla kiritib yaxshi chiqishini maslahatlashib ish ko'rishimiza uchun. Bir so'z bilan aytganda Ark guruhining qo'shiqlarini yaratilishida 6 ta 7 ta kishidan iborat jamoamiza kotta rol o'ynedi.

Ark guruhining oldiga qo'ygan maqsadi?

Olim: 4 ta 5 ta o'zimizani eng ashaddiy muxlislarimizani yuzini oqlash uchun O'zbekiston va Jahon arenalarida tanilish.
Farrux: Yana bir maqsadimiza ijodimizani yanada rivojlantirib kotta-kotta saxnalarda  konsertlar berib, muhlislarimizani haqiqiy olqishlariga sazovor bo'lish.

Ark guruhining o'ziga yoqqan eng yaxshi qo'shig'i?

Olim: "SOG'INCH"
Farrux: "TASKIN"

Mashxurlik keltirgan qo'shig'ingiz va u haqida?

Farrux: Manimcha, "KET QALBIMDAN", "XATO", "SHUMI BIZNI SEVGI" deb nomlangan qo'shiqlarimiza ketma-ket chiqqani uchun muxlisla qalbidan joy oldik deb o'ylayman.

Olim: "KET QALBIMDAN" deb nomlangan qo'shig'imiza bizaga mashxurlik olib kelgan disam adashmagan bo'laman.

Sizningcha san'at nima?
Olim: San'at bu avval mashaqqat, keyin esa rohat. 
Farrux: San'at bu mahorat va qobiliyat.

Bu juda ko'p muxlislani qiziqtirgan savollardan biri. Nimaga aynan guruhilani nomi  "ARK" deb nomlagansila? Buning ma'nosi nima?
Olim:  Bu savolni juda ko'p muxlislar bergan,  juda ko'p joylarda javob berganmiza. Buxoroda
shaharning eng baland qal'asi bo'lib, "ARK" binosi hisoblanadi. Biz ham huddi ana shu binodek baland cho'qqilarni zabt etishimiza uchun shu nomni tanlaganmiza.
Farrux:  Qisqacha qilib aytadigan bo'lsak, "Ustun" digan ma'nosi bor shunga tayangan holda guruhimizaga "ARK" deb nom berganmiza.

Ark Guruhining ijodi boshqa ijodkorlarga nisbatan umuman boshqacha. Buni qanday izohlab berolasiz?
Olim: Biza to'g'risi har bitta qo'shig'imizani yaratilishida ko'proq uning mavzusiga e'tibor beramiza. Shaxsan o'zim juda ko'p san'atkorlarni ijodlariga e'tibor beraman. Asosan ularni yo'nalishlari va tanlagan mavzulari mani ko'proq qiziqtiradi. Bundan tashqari biza marxum  Radius 21 ya'ni ustozimizani yo'nalishlarini davomchilarimiz disam adashmagan bo'laman. 

Ark guruhi ham to'y va marosimlar uchun buyurtma oladimi?
Olim: Avallari to'ylar uchun buyurtmalar olinardi hozir faqat konsertlarga va har xil banketlarga buyurtma olamiza. 

Bitta qo'shig'ingizni yaratish uchun qancha vaqt ketadi?
Farrux: Har xil. Ikki soatda yakunlagan qo'shiqlarimizam bor,  bitta qo'shiq ustida oylab,yillab ishlagan qo'shiqlarimizam bor. Mana masalan: "XATO" deb nomlangan qo'shig'imizani yaratilishiga bir kun vaqtimiz ketgan. "YODINGDAMI" deb nomlangan qo'shig'imizani yaratilishiga esa 8 oy vaqt ketgan. Bu bilan aytmoqchimanki bu vaqtga bog'liq emas, balki yaratilgan qo'shiqning mazmun va mohiyatiga bog'liq.

Ark Guruhining shaxsiy ovoz yozish studiasi bormi?  Qo'shiqlaringizni qaysi ovoz yozish studiasida yozaslar?
Olim: Shaxsiy ovoz yozish studiamiz bor albatta «Ark Media»
Farrux: Boshqa studialargayam borib turamiza.

Ark Guruhi muxlislar bilan uchrashuvlar uyushtirib turadimi?  Fan Club ochilganmi?
Olim: Bir gap aytaman ishonmesla hali aytib o'tganimde 4 ta 5 ta muxlislani ishonchini oqlash uchun butun jahonga tanilishni niyat qilganmiza didim huddi ana shunday bizani Namangandan, Qo'qondan, Andijon va Samarqandan eng ashaddiy muxlislarimiza bir oy diganda bizani ko'rgani kelishadi. Man bu bilan maqtanmoqchi yoki kerilmoqchimasman ana shunday chindan bizani ijodimizani sevib, ardoqlab,  e'tiborsiz qoldirmaganliklari uchun ularga minnatdorchilik bildirmoqchiman xolos. Sababi haqiqiy muxlislani topish oson emas. Biza nimadan g'ururlanamiza, biza nimadan faxrlanamiza-  bizani haqiqiy muxlislarimiza bor. Ular uchun ijod qilamiza, ular uchun harakat qilamiza. Fan Club ochilishiga kelsak bizada Fan Club yo'q ochilmagan. Lekin biza xohlardik muxlislarimiza  Fan Club ochib  biza bilan aloqada bo'lishlarini.

Gastrolla bo'lganmi? Ular haqida qisqacha ma'lumot bersangiz.
Farrux: Gastrolla bo'lmagan emas, bo'lgan albatta Qashqadaryo viloyatiga, Qo'qon shahriga va Shimkentga gastrol safaru bilan konsert berish uchun borganmiza.

Ark guruhi so'ngi kunlarda ijoddan ancha uzoqlashgan, bunga sabab nima?
Olim:  To'g'ri so'ngi kunlarda ijod bilan shug'ullanishimizaga ozgina vaqtimiz bo'lmadi. Birinchi sababi institutni bitirganimiza uchun ishga joylashishimiz shart va majbur edi, ikkinchi sababi Ark guruhida juda kotta yo'qotish bo'ldi ya'ni oramizadan Dima(Dilmurod) ketdi.  Uchinchi sababi yo'nalishimizani o'zgartirish, muxlislarga kutilmagan sovg'a, ular kutmagan  ijodimizani taqdim qilish to'g'risida ancha bosh qotirdik. 
Farrux: Biza yana ijodga qaytdik, Xudo xohlasa ijodimizani to'xtatish niyatimiza yo'q.

Ark Guruhining adminlari va prodyusserlari haqida?
Farrux: Hozir Admin Shoxruh prodyusser Olim o'zi.

Ark guruhini e'tiborini tortgan mish-mishlar haqida?
Olim: Biza shu kungacha o'zimiza haqimizada hecham mish-mish eshitmaganmiza lekin yaqinda aytilgan gap so'zlarga qaraganda "Ark guruhi endi ijod qilishmidi, ular tarqalib ketdi, Dilmurod bilan urushib qolishipti"  digan gaplarni eshitdik. Yo'q aslida unday emas yuqori aytib o'tdim bularni hamma sabablarini. Ark guruhi hech qachon ijod qilishdan to'xtamedi. 

Dilmurodni oralarindan ketishiga birorta bir sabab bordir?
Farrux: Albatta u bizadan besabab  ketmadi. Dima  shaxsiy oila qurish arafasida shuning uchun u shaxsiy xayotini tanladi oddiy sababi shu xolos. U bilan o'rtamizada hech qanaqangi gap so'zlar bo'lmagan, u bilan hozir ham qalin do'stmiza.

Siz uchun "Baxt nima?"
Olim: Man uchun baxt  bu-mani tirik yurganim, oilam borligi, muxlislarim e'tibori.
Farrux: Baxt man uchun judayam keng qamrovli tushuncha. Bir so'z bilan aytganda "TINCHLIK" "SOG'-SALOMATLIK" 

Ark Guruhining eng so'ngi premyerasi haqida?
Olim: Birdaniga ikkita premyera muxlislar e'tiboriga taqdim etildi "Dajollar" va "Ona bo'lding"  barcha saytlardan yuklab olishingiz mumkin.
Farrux: Yana shuni ma'lum qilamizki, Ark Guruhidan muxlislarimizaga kutilmagan sovg'a tayyorlamoqchimiza. Shirali ovozi bilan hammaga yoqqan ayol xonanda bilan birgalikta  birinchi marotaba duet qimoqcgimiza. Bu ayol xonanda kimligi sizni qiziqtirishi mumkin albatta lekin hozir aytsam bu sovg'ani qizig'i qolmaydi. Xudo xohlasa tez kunda kutib oling siz sevgan Ark Guruhidan ayol xonanda bilan duet.

Muxlislarga tilaklaringiz!
Olim: Har doim sog' salomat yurishliklaringa tilakdoshman. Muxlislarim sizlar borliklaring uchun biza silardan kuch olib ijod qilamiza. Aytmoqchimanki  haqiqiy muxlis bo'lilar.
Farrux: Sizlardan faxrlanamiza. Doim bizani kamtarona ijodimizani qo'llab - quvvatlab kelayotganlaring uchun sizlarga Ark Guruhi o'z minnatdorchiligini bildiradi.

Aziz muxlis biz sizni Ark Guuhi  ijodkorlarining shaxsiy hayoti va ijodi bilan oz bo'lsada tanishtirib o'tdik. Agar siz o'zingizni qiziqtirgan savollarga bizning loyihamizdan javob topgan bo'lsangiz buz bundan mamnun bo'lamiz. Biz faqat eng ashaddiy muxlislar uchun izlanamiz va ularning o'zlari sevgan san'atkorlari haqida ko'proq bilishlari uchun intilami. 

Ark Guruhi bilan aloqa:  +998944082363 Adminstrator Shoxruh.

Diqqat Loyiha Mualifi: MOQINA Jurnalisti Dilshoda...

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 02.06.2015 19:39
- Категория: Shou-Biznes Loyhasi!
Рекомендуем
uzur Ark guruh hali chiqmayapti mana 2017 yil ham keldi qachon yangi kliplarini mp3 larini eshitamiz ashadiy muhlislari Muhammadali hali darak yo'q klip va mp3 laridan smile sad sad sad
Ark awaddiy muxlisasiman
omad va omad buxga kelinglar kutamizaa
Ark 2 ta qoldi
aytgancha Ark guruhi nega ko'rinmay ketdi. Habarila yo'mi.
Ark drammani ham boshqasini ham yirtadide. Omad. Ark guruhiga.

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz