Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Shaxboz & Navruz Bilan Exclusive Suhbat...

Assalomu alaykum www.moqina.net partalining muxlislari. Siz bilan Shou-Biznes loyixasida yana bir bor uchrashib turganimizdan mamnunmiz.

Bugungi loyixamiz mehmoni bilan tanishing. Ko'plab yoshlarni e tiboriga tushgan, qo'shiqlarining mazmunini aniq yoritib o'z muxlislarini qalbidan joy olgan, shuningdek,  Shou-Biznesga juda tez kirib kelib, oz muddat ichida minglab muxlis va muxlisalariga ega bo'la olgan, hozirgi kunga kelib yanada mashxurlikka erishgan yosh ijodkorlarimizdan Shaxboz & Navruz bilan exclusive suhbat.

1. Nosirjonov Shaxboz 1993-yil 22-martda tug'ilgan. Oilada 6 kishidan iborat bo'lib, dadasi, oyisi, 2 ta opasi va 1 ta akasiz bor. O'zi kenja farzand. Uylanmagan. Xobbiysi ovoz yozish, aranjirovka.  Uning ijodga qiziqishiga dadasi sababchi bo'lgan Shaxbozni izohlashicha dadasi san'atga judayam shinavanda inson bo'lganligi sababli o'g'lini san'atga yoshligidan qiziqtirib borgan va shu qiziqish natijasida ijod bilan shug'ullana boshlagan. Yoqtirgan rangi oq va qora.  Eng sevimli taomi qo'lbola palov. Yaxshi ko'rgan kinosi "Kelajakka sayohat".  Kiyinish uslubi boradigan joylarga qarab kiyinadi, ko'proq klassicheski kiyinadi.  O'zini harakteri haqida aytishicha "Yaxshiga yaxshiman-Yomongayam yaxshiman" chunki manda birovlarga nisbatan dilxiralik kamdan kam bo'ladi deydi. Bo'sh vaqtlarida asosan uxlaydi. Birinchi muhabbati bo'lgan maktabda o'qib yurgan paytlari Komila ismli qizni yoqtirgan. Ayni damda sevgan qizi yo'q. Orzusidagi qizni hali uchratmagan. Uning aytishicha orzusidagi qiz eng avvalo uning harakteriga mos kela olishi kerak. Bundan tashqari ota-onasini hurmat qilib, ularning ko'nglidan joy olib, mehribon kelin va qalbi go'zal vafoli yor bo'lishi kerak.

2. To'ychiyev Navruz 1991-yil 15-mayda tug'ilgan. Oilada 4 kishidan iborat bo'lib, dadasi,oyisi va 1 ta singlisi bor. O'zi katta farzand. Uylanmagan. Xobbiysi har xil musiqiy instrumentlarga qiziqadi masalan gitara, pianino. San'atga kirib kelishiga uning oyisi sabab bo'lgan. Yoshligidan qo'lidan yetaklab musiqa maktablariga, har xil musiqiy to'garaklarga olib borib uni shu soxaga kirib kelishini chin dildan xohlab shu tarzda  voyaga yetkazgan. Borjdan tashqari barcha ovqatlarni  yoqtiradi. Fantastik kinolarni sevib tomosha qiladi. Barcha ranglarni birdek ko'radi. Kiyinish uslubi uyda, ko'chada spartivni yuradi har xil marosimlarga klassicheski  kiyinadi. O'zini harakteri haqida aytishicha barchaga bir xilda muomala qiladi, odam ajratmaydi. Sal narsagayam tez jahli chiqmaydi, avval o'ylab keyin so'ylaydi. Bo'sh vaqtlarida uxlaydi. Birinchi muhabbati bo'lmagan chunki qizlarga ishonmaydi. Orzusidagi qizni tasvirlashicha u mehribon, vijdonli, ristgo'y va qalbi go'zal bo'lsin. Eng asosiysi Navruzni va uning oila a'zolarini hurmat qilib, mehr bera olsin.

Siz Shaxboz & Navruz haqida bilib oldingiz. Ana endi ularning ijodlari haqidagi savollarga o'zlaridan olgan javolblardan bilib olasiz.

Ijodga qo'ygan ilk qadamlaringiz haqida?
Shaxboz:  Biz yoshligimizdan san'atga bo'lgan qiziqishimiz kuchli bo'lgani uchun aynan shu saoxada ketmoqdamiz. Navruz bilan bitta mahallada turamiz. Hatto bitta maktabni birin-ketin bitirganmiz. Ikkalamizni qo'shiq aytishga bo'lgan qiziqishimiz birlashtirgan disam adashmagan bo'laman. Avvaliga shunchaki xavasga birga qo'shiq aytgandik.  Lekin ilk ijodimizni muxlislarga taqdim etishni 2010-yildan boshlaganmiz. 

 

Birinchi yaratilgan qo'shig'ingiz haqida?
Navruz: Ilk qo'shig'imiz 2011-yilda muxlislarga taqdim etilgan.Birinchi yaratilgan qo'shig'imizni nomini aslida "Bekor Sevgi" deb nomlaganmiz, lekin "So'ngan Tuyg'u"  nomi bilan tarqatilganligi sababli ko'pchilik muxlislar shunday nom bilan tanishadi.

Hozirgi kunga kelib yaratilgan qo'shiqlaringiz va kliplaringiz soni nechtaga ortdi?
Shaxboz: Jami qo'shiqlarimiz soni 55 ta
Navruz: Kliplarimiz soni 9 ta bo'lib, nomlari "Bekor Sevgi", "So'ngan Tuyg'u", "To'xtamasdan o'yna", "Kimda xato", "Mayli ket", "Javob ber", "Yangi yil", "Ojizmiz", "Sog'indim".

Mashxurlik olib kelgan qo'shig'ingiz?
Shaxboz: "So'ngan tuyg'u" deb nomlangan qo'shig'imiz bizga mashxurlik olib kelgan deb o'ylaymiz.

Shaxsiy ovoz yozish studiasi bormi?
Navruz: Albatta bor "Zamir Media"

Qo'shiqlaringizni yaratilishida asosan kim kotta rol o'ynaydi?
Navruz: Shaxboz disam adashmagan bo'laman.

Gastrolla haqida?
Shaxboz: Gastrolla ko'p viloyatlarda bo'lgan. Bundan tashqari Qozog'istonda ham o'zimizni yakkaxon konsertimizni berganmiz 2012-yil dekabr oyida. Hozir ham konsertlar berib turamiz.

Shaxboz & Navruzni kelajakdagi orzusi va oldiga qo'ygan maqsadi?
Shaxboz: Orzularimiz ko'p va ularga erishish uchun astoydil harakat qilyapmiz. Birinchi navbatda auditoriyamizni yanada kattalashtirib, yosh ijodkorlarga aynan shu sohada ishlashga yordam berib ular bilan ishlash. 
Navruz: Yana bir katta orzularimizdan biri shu "Istiqlol" san'at saroyida o'zimizni yakkaxon konsertimizni berish. Hozir ham bersak bo'ladi lekin biz o'zimizni hali tayyormiz deb aytolmaymiz. Xudo xohlasa bu orzuyimizga yetishishimizga oz qoldi.

Muxlislar bilan uchrashuvlar uyishtiriladimi? Fan Club ochilganmi?
Shaxboz: Uchrashuvlar har doim ham  bo'lavermaydi. Lekin Fan Club ochilgan admin bu narsa bilan o'zi shug'ullanadi. 

Yaqin do'stlaringiz?
Navruz: Ummon guruhi, Mango guruhi, Benom guruhi, Markaz guruhi bilan ko'proq yaqinmiz.

To'y va marosimlarga buyurtma olinadimi?
Shaxboz: Ha albatta +998946882244 Adminstrator Zohirshox

O'zingizni ijodingizdan qaysi qo'shig'ingiz ko'proq yoqadi?
Shaxboz: "Kimda xato", "To'xtamasdan o'yna"
Navruz: "Muzlagan armon", "Aybim seni sevganim"

Qo'shiqlaringizni yaratilishiga qancha vaqt ketadi?
Navruz: Bu narsani anniq aytolmimiz chunki qo'shiqlarimizni yaratilishi bu vaqtga o'lchanmagan aksincha maqsadga va muvaffaqiyatga mo'ljallangandir. Bu bilan nima dimoqchimiz  bitta qo'shig'imizni yaratish uchun har xil vaqt ketadi. Mana masalan "So'ngan tuyg'u" qo'shig'imiz deyarli 3 soatda tayyor bo'lgan. Tog'ri bu oz vaqt bo'lishi mumkin lekin biz ko'zlagan natijaga erisha oldik. Yoki bo'lmasam yaratilishiga eng uzoq vaqt ketgan "Aybim seni sevganim" qo'shig'imiz bo'lsa bunda ham ko'zlagan natijamizga erisha oldik. Asosan vaqtga qarab emas, emas ko'zlagan maqsadga erishish  uchun,  natijasini berishi uchun qo'shiq yaratilsa  o'sha haqiqiy ijodkor bo'la oladi deb o'ylaymiz.

Har xil ijtimoiy tarmoqlarda o'zlaringizni shaxsiy saytlaring bormi? 
Shaxboz: Ha albatta manda bor  odnoklassniki,instagramm,twitter,facebook hammasida borman.
Navruz: Odnoklassnikidan tashqari  hammasida borman.

Qaysi xonandalarni ijodi bilan qiziqasiz? 
Shaxboz: Man hamma xonandalarni ijodi bilan qiziqib ko'raman. Lekin ko'proq yoshligimdan Shoxrux Rep ni ijodiga qiziqaman va hurmat qilaman.
Navruz: Man ko'proq Maykl Babl, Bruno Bors, Alyuz Kiss, Jastiz Black ijodlariga qiziqaman va ularga taqlid qilishni yaxshi ko'raman.

Sizningcha san'at nima?
Shaxboz: Man uchun san'at bu "Baxt".
Navruz: San'at bu- Inson o'z mahoratini oliy darajada namoyish eta olishi. San'at bizga Olloh tomonidan berilgan ulug' ne'mat dib hisoblayman.

Muxlislarga tilaklaringiz?
Shaxboz: Hamisha sog' bo'lilar biz silar uchun ijod qilamiz. Hurmat bilan Shaxboz
Navruz: Muxlislarimizga kattakon rahmatlar aytsak arzidi, yaqinlarimiz va do'stlarimizdan ham minnatdormiz. Bizni shunchalik qo'llab-quvvatlab dalda berib turganliklarini o'zi bir baxt disam to'g'ri gapirgan bo'laman. Hamisha  omad yor bo'lsin. Hurmat bilan Navruz.

Hurmatli muxlis bugun siz Shaxboz & Navruz hayoti va ijodi bilan bog'liq bo'lgan  savollarga oz bo'lsada javob topdingiz deb o'ylaymiz. Biz siz aziz muxlislar uchun izlanamiz va intilamiz.

Shaxboz & Navruz bilan aloqa +998946882244. Bizga ishoning biz albatta ishonchingizni oqlaymiz.

Diqqat Loyha Mualifi: Moqina Jurnalisti Dilshoda...

 

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 02.06.2015 19:40
- Категория: Shou-Biznes Loyhasi!
Рекомендуем
Zur utibdi suhbat rostanam uzlarinig dil suzlarimi?
Sayyod intervyu oganda vashe sharmanda qib erga urib tashaganiydi bulani. Bo'larkanu odamga o'xshab gaplashsa.
Qoyil. Omad Shaxboz Navriz ga. Yo'nalishi Ijodi ham zo'r

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz