Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Shoxruz (Abadiya)dan Exclusive Intervyu "Barcha Savollarga Javob..."

Assalomu aleykum xurmatli Shoxruz (Abadiya) muxlis va muxlisalari, Sizlar bilan www.moqina.net "Shou-Boznes" loyihasida uchrashib turganimizdan mamnunmiz!!!!

 

Hozirgi kunda goh alamli, goh dardli, goh quvonchli qo'shilari bilan yoshlar e'tiboriga tushgan, oz mudat ichida o'z muxlis va muxlisalariga erishib kelayotgan, Shou Biznesga, San'atga o'z qiziqishi va o'z kuchi bilan kirib kelib, o'z maxoratini barchaga namoyish etishda davom etayotgan "Shoxruz (Abadiya)" bilan exclusive suhbat.

Siz bu loyihamiz orqali Shoxruz (Abadiya) haqida o'zingizni qiziqtirgan barcha savollarga javob topishingiz mumkin.....

Shoxruz Odilov 1991-Yil 23-Sentyabr kuni Toshken shahar Yunusobod tug'ilib o'sdi

- Aslida qaysi sohada o'qigansiz va Xo'bbiyingiz???
Arxitektura sohasida o'qiganman, Xo'bbiyim San'atga bo'lgan qiziqishim judayam kuchli va maroqli.

 

- Biron sohada ishlaysizmi???
San'atga qiziqqanim uchun ko'proq ijod bilan band bo'laman

- Bo'sh vaqtlaringizni qanday o'tkazasiz?
Bo'sh vaqtlarim deyarli kamdan-kam bo'ladi, lekin shunday xolatlarda oilam davrasida o'tkazishni maroqli deb xisoblayman

- Siz ko'proq nimalarga ishonasiz va intilasiz?
Yaxshi insonlar borligiga va yaxshi kunlar kelishiga ishonaman. Ana shunday yaxshi kunlarni yaratishga intilaman.

- Oilangiz haqida qisqacha ma'lumot!
Oilada 5 kishidan iboratmiza. Oyimla, Adamla, bitta singlim, bitta ukam bor. Man o'zim eng kotta farzandman.

- Ijodizda va shaxsiy hayotizda har doim kimdan ko'proq maslahat olib ish tutasiz?
Ko'proq odamlani etgan gaplariga, bergan maslahatlariga amal qilaman.

- Kiyinish uslubingiz?
Oddiy va zamonaviy

- Eng sevimli kinoyingiz?
««TITANIK»»

-Yoqtirgan taomingiz?
To'g'risini aytsam qo'lbola palovni judayam yoqtiraman

- Nima dib o'ylaysiz yolg'onni kechirish mumkinmi? Xiyonatnichi?
Yolg'onni kechirish mumkin qachonki u yaxshilikni ko'zlab qilinsa, lekin xiyonatni shaxsan o'zim kechirmasdim

- Sizni ham jondan sevgan, ardoqlagan yaxshi ko'rgan insoniz bormi?
Bor bu onam bo'ladila

- Muhabbat borasidachi?
Bor albatta lekin bu haqida gapirmaslikni xohleman sir bo'laqolsin

- Nimalarga umuman e'tibor bermaysiz va nimalarni yoqtirmaysiz?
Aldoqchila, tuxmatchila, g'iybatchilani umuman yoqtirmiman i har xil gap so'zla, mish-mishlaga e'tibor berurmiman.

- O'z harakteringiz haqida nima diyolasiz?
Mani harakterim juda oddiy har qanaqangi insonlar bilan tez chiqishib ketoliman, og'ir, bosiqman sal narsagayam qizishib keturmiman asosan kamgapman

- Taniqli xonandalardan kimlarni ijodini hurmat qilasiz va ularni yo'nalishlariga taqlid qilasiz?
Ko'proq Maykl Jekson ijodini judayam hurmat qilaman va unga taqlid qilaman. Bundan tashqari o'zbek estradasidan Shoxruh repper hamda Ziyodani ijodi yoqadi.

- Idojga bo'lgan qiziqishingiz qachondan boshlangan va ilk bor yaratilgan qo'shig'ingiz haqida
Bu qiziqish bolalikdan paydo bo'lgan hali aytib o'tganimdek Maykl Jekson qo'shiqlarini eshitib zavqlanaman shunday ekan ilk qo'shig'im 2010-yilda yaratilgan bo'lib u manga mashxurlik olib keldi deb aytolaman chunki uni yaratilishiga ozmuncha vaqt ketmagan. Bu qo'shig'imni nomi "SHUNCHAKI KETTI"

- 2010-yil ilk qo'shig'ingiz yaratilgan bo'lsa hozirgi kunga kelib qo'shiqlaringiz soni nechtaga yetti oradan salkam 5 yil vaqt o'tipti.
Anniq qilib aytolmimanu lekin qo'shiqlarim ko'p manimcha 200 taga yaqin. Yana bir narsani anniq aytolamanki ommaga taqdim etilmagan qo'shiqlarim ham juda ko'p.

-Bitta qo'shig'ingizni yaratilishiga qancha vaqt ketadi
1 soatda 10 ta qo'shiqni tayyorlash mumkin lakin man qo'shiqlarimi ma'nosiga, mazmun mohiyatiga juda kotta e'tibor beraman shuningdek oila a'zolarim fikrini bilaman qachonki yaratgan qo'shig'imda maqsadni ko'rolsam shundagina ommaga taqdim etaman.

- Ko'pincha qo'shiqlarizda dardni, azobni, alam va qayg'uni aks ettirasiz bu shaxsiy hayotingizga ham bog'liqmi?
Yo man qo'shiqlarimda boshqalarni dardini aks ettirishga harakat qilaman to'g'ri shaxsiy hayotimgayam bog'liq qo'shiqlarimam bor lekin hammasiyam emas.

- O'zizi ijodizdagi eng sevib tinglidigan o'zizga yoqqan qo'shig'ingiz?
«Atirgul», «Yakun» shu qo'shiqlarim o'zimga yoqadi...

- O'zingizni yaxshi ijodkorman deb o'ylaysizmi?
Man o'zim san'atga qiziqqanim uchun ijod qilaman. Shunday ekan o'zim o'zimga baxo berolmiman chunki bu narsaga faqat muxlisla haqli xolos.

- Sizningcha "san'at" nima?
Manimcha bu talant egalari uchun topilgan nom bo'lsaerlaridan foydalanasiz?

- Yoki shaxsiy shoirangiz bormi?
Qo'shiqlarimi she'rlari o'zimga tegishli kuyiniyam o'zim bastaleman. Bilmadim nimagadir boshqalardan taklifla qabul qabul qigim kemidi...

- Endi mish-mishlarga o'tsak. Hozirgi kunda eng dolzarb muammoingizga aylangan mish-mish haqida???
Hozirgi kunda mani eng kotta muammoyimga aylangan narsa bu soxta Shoxruz Abadiyalarni ko'paygani. Man muhlislarimdan iltimos qigan bo'lardim soxta Shoxruzlarga ishonib aldanib qomelar. Chunki man hech qachon qizlani aldab pulini omaganman i keyin to'y va marosimla uchun hech qachon oldindan pulini so'ramiman bu narsalani adminim hal qiladiku o'zim emas shuncha gapni qattan olishadi hayronman.

- Nimaga asoslanib soxta Shoxruz Abadiyalarga ishonmelar ular yolg'onchi diyapsiz yoki ular haqida bilasizmi?
Shu savolga anniq javob beraman Namanganlik Murod digan bola paydo bo'gan u mani nomimdan to'ylarga buyurtmalar olib, qizlarni aldab xattoki pulini ham olib yuripti. O'sha Murodga maslahatim bizadan qo'rqmasenam Xudo bor hech bo'lmasa Xudodan qo'rqqin. Mayli mani nomimdan ancha foydalanvossan lekin o'sha san qaqshatib yurgan insonla sani ortindan qancha qarg'ashvotti bilasanmi bir kun teshib chiqishidan qo'rqmisanmi? Man Shoxruz Abadiya shuni anniq aytolmanki Murod hech qanaqa mani adminim ham emas i mani o'zim ham emas. Muxlislarim man sila uchun ijod qilaman pulila uchun emas...

- Ba'zan har xil ijtimoiy saytlarda sizni shaxsiy raqamlarizni tarqatib yurganizga ko'zimiz tushadi bu nima uchun? Shu narsaga aniqlik kiritib olsak Rostdan ham +998945084114, +998934374994 bu raqamlar shaxsan o'zizikimi?
Yuqorida aytib o'tganimde bu xuddi o'sha qallob Namanganlik Murodni qilgan ishi. Man o'zimi shaxsiy raqamimi tarqatib yurishdan boshqa ishim yo'qmi yoki bekorchi vaqtim bor ekanmi hech qachon bunday xudbinlikka yo'l qo'ymagan bo'lardim. Murod san bir kunmas bir kun bu ishindan afsuslanasan.

DIQQAT: Ushbu intervyu Moqina.Net jurnalisti Dilshoda Xabibullayeva tomindan 2014-yili dekabr oyida olingan. Shu o'rinda eslatib o'tamiz Shoxruz (Abadiya) yani Abadiyada faqatgina Shoxruz Odilov mavjud holos, boshqa abadiyalar haqiqiy guruh tomindan tan olinmagan. Yani Falonchi (Abadiya) degan yosh ijodkorlarga ko'zingiz tushsa bilingki u sohta abadiyalardir.... Moqina.Net

 

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 07.01.2016 19:37
- Категория: Shou-Biznes Loyhasi!
Рекомендуем
1) $hoxruz/Abdiya\ VS 2) Ota$h/Xijron\
Yaxshi omad tilayman
Shoxruz Abadiyaga omad uni qo'shiqlari judayam zo'r ijoddan to'xtameng Abadiya...biz qo'shiqlarizi kutib qolamiz!OMAD!
Yoqadi
Omad manga qowiqlari juda soqadi
omad Shoxruz abadiya ga hamma qowiqlarini sevib ewtaman,gap yòq

1-10 11-20 21-23

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz