Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Smartfon haqida 7 ta cho‘pchak

Tan olish lozim, smartfon juda murakkab texnologik qurilma. Uning ishlashi va komponentlari borasida barchamizda to‘g‘ri tasavvur bo‘lmasligi mumkin. Mazkur maqolada smartfon to‘g‘risida keng tarqalgan xato fikrlarni jamladik. Ushbu cho‘pchak fikrlar bilan yaxshi tanishib olsangiz, kelajakda smartfon xarid qilganingizda ular sizga asqotadi.

1) Kamerada megapiksellar qancha ko‘p bo‘lsa, u shuncha yaxshi suratga oladi

Bekorga biz ushbu ma’lumotni birinchi qatorga joylashtirmadik. Ko‘pchilikda aynan kamera borasida mana shunday xato fikr mavjud. To‘g‘ri, qachonlardir hali smartfonlar kuchli dasturga ega bo‘lmagan paytlarda kameraning suratga olish sifati undagi megapiksellar soniga bog‘liq bo‘lgan. Biroq ayni paytda smartfonlardagi kameraning tasvirga olish kuchi, asosan, uchta parametrga, jumladan, tasvirlarni qayta ishlaydigan chaqqon protsessor, kamera moduli va uning qo‘shimcha parametrlari (matritsa o‘lchami, diafragma, qarshi yorqinlik moduli va boshqalar) va qayta ishlash algoritmlariga bog‘liq. Kuchli va sifatli kameraga ega smartfon arzon narxda sotilishi mushkul. Agar bizning bu fikrimizga qo‘shilmasangiz, so‘nggi vaqtda smartfon sanoatidagi boshqa bir misolni keltiramiz. Deylik, Samsung Galaxy S6 kamerasining sensori 16 MP bo‘lgan bo‘lsa, undan keyin chiqqan Samsung Galaxy S7 12 MPli dual pikselь texnologiyasidagi kamera bilan jihozlandi. Shuning o‘zi ham gap megapiksellarda emasligini isbotlaydi. Shu bois smartfon sotib olishdan oldin tarmoqda tarqalgan kamera tavsiflari bilan tanishib chiqishni maslahat beramiz.

2) Batareyaning sig‘imi qancha ko‘p bo‘lsa, smartfon shuncha uzoqroq ishlaydi

Ha, bu fikrda ham jon borday tuyuladi. Biroq batareyaning ishlashi turli omillar bilan chambarchas aloqador. Masalan, smartfon displeyining diagonali qancha kam bo‘lsa, batareya sarfi shuncha qisqaradi yoki aksincha. Shu bilan birga protsessorning quvvati ham batareya sarfiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu jarayonda, ayniqsa, operatsion tizimning ishlab chiqaruvchi tomonidan qay darajada ortimallashtirilgani ham katta ahamiyatga ega.

Shuning uchun smartfon xarid qilganda batareya sig‘imi, ekran diagonali va matritsasi hamda operatsion tizim versiyasini hisobga olish tavsiya etiladi.

3) Protsessorda yadrolar soni qancha ko‘p bo‘lsa, smartfon shunchalik tez ishlaydi

Bu smartfon haqidagi eng yolg‘on cho‘pchak bo‘lsa kerak. Sababi, avval ham saytimizda yozganimizdek, protsessorlardagi yadrolarning ko‘pligi qurilmada bajariladigan jarayonlarni taqsimlash natijasida gadjetning ishlashini tezlashtirib beradi, xolos. Yadrolarning ko‘pligi, asosan, og‘ir fayllar va grafika bilan ishlashda qo‘l keladi. Shuning uchun agar siz smartfondan o‘yin o‘ynash, yuqori formatli tasvirlar bilan ishlash uchun foydalansangiz, u holda sakkiz yadroli protsessor bilan jihozlangan qurilmani xarid qilganingiz ma’qul. Agar smartfonni suhbat, internet-syorfing, elektron pochta va messenjerlarni ishlatish uchun xarid qilmoqchi bo‘lsangiz, unda to‘rt yadroli gadjet sizning talablaringizga to‘liq javob bera oladi. Unutmang, protsessorda yadrolar qancha ko‘p bo‘lsa, uning narxi shuncha qimmat bo‘ladi.

4) “Brend” uchun pul to‘lash — nodonlik

Ba’zida qulog‘imizga shunday fikrlar ham chalinib qoladi: “Biror mashhur brend uchun pul to‘lash shart emas, boshqa o‘rtahol ishlab chiqaruvchilar ham “brend”lardan qolishmaydigan smartfonlar tayyorlayapti. Protsessori, tezkor xotira va hatto ekrani bir xil, zato narxi ancha arzon”. Bir qarashda ushbu mulohazalarda mantiq borday ko‘rinadi. Ammo unga ishonishdan oldin yana bir bor o‘ylab ko‘rish zarar qilmaydi. Siz qanchalik arzon smartfon xarid qilsangiz, undagi parametrlar shunchalik kuchsiz bo‘ladi.

Sohada yetarli tajribaga ega “brend”larning qurilmalari arzon narxdagi gadjetlar sotadigan ishlab chiqaruvchilardan bir qadar qimmat bo‘lsa ham, “brend”larning mahsulotlari eng ilg‘or va innovatsion texnologiyalarda tayyorlanganiga shubha yo‘q. Bundan tashqari, kafolat xizmati va dastur profilaktikasini ham unutmaslik kerak. To‘g‘ri, siz balki qimmat qurilma xarid qilgandirsiz, biroq undan xotirjam foydalanishga nima yetsin. Albatta, bu bilan biz sizni faqat “brend”lardan mahsulot xarid qiling demoqchi emasmiz, shunchaki bir qadar arzon qurilmani sotib olib, keyin afsuslanishdan qaytarmoqchimiz. Ha, darvoqe, juda arzon takliflardan ehtiyot bo‘ling.

5) Sotuvchi har doim “puliga arziydigan” smartfonni taklif qiladi

Bekor gap. Birinchi navbatda, sotuvchi savdolaridan bonus oladigan qurilmani yoki ombordagi “umrini yashab bo‘lgan” smartfonni sizga taklif qilishga urinadi. Albatta, sotuvchi taklifning yaxshiligiga sizni ishontirmoqchi ham bo‘ladi. Biroq bularning barchasi shunchaki biznes: siz xaridor, u sotuvchi. Shuning uchun smartfon sotib olishdan avval o‘zingiz aynan qanday konfiguratsiyadagi gadjetni istashingizni aniqlab oling. Ayniqsa, mablag‘ingiz kam bo‘lsa, shoshmaganingiz ma’qul. Albatta, bir nechta do‘konga kirib, narxlar va takliflar bilan tanishing. Smartfonni sotuvchini gapiga qarab emas, o‘z ehtiyoj va istaklaringizga qarab tanlang.

6) Plyonka yoki himoya oynasi ekranni zarbalardan himoya qiladi

Hozirgi ekranlar ancha mustahkam, biroq plyonka yoki qo‘shimcha oyna ularni zarbalardan himoya qilmaydi. To‘g‘ri, turli qirilishlardan ularning foydasi bor, biroq kuchli zarba natijasida chatnashning oldini ololmaydi. Ekranga plyonka yopishtirish uning sifatini saqlashga yordam beradi, xolos. Qo‘shimcha oyna, aksincha, yuqoridan tushish vaqtida ekranga zarar yetkazishi mumkin. Odatda, ekranlarga tushib ketganda zarbani teng taqsimlab, uni kuchsizlantirishga xizmat qiladigan texnologiya tatbiq etilgan bo‘ladi. Himoya oynasi mazkur jarayonga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Shuning uchun qo‘shimcha oyna o‘rniga chexoldan foydalangan ma’qul.

7)  Mobil internetning tezligi smartfonga bog‘liq

Agar smartfoningiz 300 Mbit/s mobil internetni qabul qilish tezligiga ega bo‘lsa-yu, tarmoq operatori kerakli internet tezligi bilan ta’minlamasa, jahondagi eng ilg‘or smartfon ham bunda chorasiz qolishi aniq. Imkoni boricha eng tezkor va sifatli mobil internetni taqdim qiladigan operator xizmatlaridan foydalanish kerak. Ayniqsa, bu narsa O‘zbekiston sharoitida juda dolzarb. Telefon H+ belgisini ko‘rsatib turadi, biroq internetning tezligi E (EDGE) standartiga teng bo‘lishi ham mumkin.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 15.11.2016 20:30
- Категория: Texnalogiya Haqida
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz