Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Agar Og'zingizda va Labingizda Yalig'lanish bo'lsa nima qilishni bilasizmi?

Og‘iz yallig‘lansa va yara bo‘lsa...

- Anor po‘chog‘idan 100 gr. olib, 1 litr suvda 6 daqiqa davomida past olovda qaynating. Tayyor bo‘lgan damlama bilan bir hafta davomida kuniga 3 mahaldan og‘zingizni  chaying.

- 5-6 dona sarimsoq bo‘lakchalarining sharbatini bir stakan qaytanib sovitilgan suv bilan aralashtirib og‘iz chayilsa, og‘izda paydo bo‘lgan yiringli yaralarga shifo bo‘ladi. Shunngdek u, turli mikroblarga ham qiron keltiradi.

- Isiriqdan tayyorlangan damlama bilan og‘izni chayish ham yaxshi foyda beradi.

- Ulug‘ tabib va olim Abu Ali ibn Sino tut mevasi va uning shirasi og‘iz bo‘shlig‘i toshmalarini davolashda katta ahamiyatga ega ekanligini aytib o‘tgan.

 

Lab yorilganda...

Kuz va qish oylarida yomg‘ir shamol, qor va sovuq bo‘lganligi uchun lablaringiz tez-tez yoriladi va quruqshab qoladi. Pomada sursangiz lablaringizni g‘adir-budirligi yanada bilinib xunuklashib qoladi. 

1- Maslahat: Xo‘sh, bu holatda nima qilish kerak? Kosmetologlarni kremini qo‘yib turib, tabiiy usul bilan davolasakchi. Ishni nimadan boshlash kerak?

Kichkina sochiqchani sovuq suvga xo‘llab, lablaringizni yengil harakatlar bilan uqalang. Bu lablarning rangini yanada yaxshilaydi. Uqalashdan oldin lablaringizga saryog‘ surtsangiz, yanada natijasi yaxshi bo‘ladi.

 

2- Maslahat: Limon hamda bodringni olib sharbatini siqib chiqaring va aralashtiring.Limon hamda bodring sharbati lablaringizni yumshatib mayinlashtiradi. Ushbu sharbatlardan lablaringizga bir kunda bir necha bor surib, to shimib ketguncha tegmang. Bu sharbatni muzlatgichda bir haftagacha saqlash mumkin. 

Quruqshab ketgan lablaringizga yotishdan oldin asal surting.

Lablaringizni silliq bo‘lishini xohlasangiz, haftada bir necha marotaba unga qaymoq, tvorog, sabzi sharbati aralashmasidan niqob suring. 

Labingizni mashq qildirib turing. Labingizni shamni o‘chirayotgan holatga keltiring. Bu holatni 15 marta takrorlang. So‘ng A, O, Ы, I kabi unli tovushlarni talaffuz qiling. Bu labingizni tarang qilibgina qolmay, lab atrofidagi ajinlarni ham yo‘qotishga yordam beradi. Lablaringizni mayinligi va chiroyligi sizga kuz va qish oylarida ham o‘zgacha latofat bag‘ishlaydi.

3- Maslahat: Agar bunday muammo sizni uzoq vaqt siquvga oladigan bo'lsa, paxta yoki kungaboqar yog'ini kindikka bog'lang. Kindikda qo'llanilgan muolajalar labga ham ta'sir ko'rsata oladi. Yong'oqdek kattalikda paxta olib uni ilitilgan paxta yoki kungaboqar yog'iga botirib, kindik chuqurchasiga bog'lab qo'ying. Kiyim halal bermasligi uchun tibbiyot plastiri bilan yopishtirib qo'yishingiz mumkin. Muolajani bir-ikki martta takrorlasangiz lablar shifo topadi.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 10.11.2015 23:56
- Категория: Salomatlik va Tibbiyot
Рекомендуем
Mm ok raxmat
Malumot u.n katta rahmat
Aynan wu menga kerak edi
Raxmat yaxwi maslaxat
Raxmat . Juda yaxshi maslahat .;-)

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz