Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Asal Xossalari

Mana, odamzod XXI asrga
kelib, hatto sun'iy odam
yaratyapti. Odamni klonlash
qo'lidan kelgan insoniyat
negadir sun'iy asal tayyorlay olmayapti. Bunga urinishlar
bo'lmagan deysizmi? Asliyat
bo'lgan joyda, albatta,
soxtagarchilik ham
bo'lganidek, asalarisiz asal
ishlab chiqarishga harakatlar ancha ilgaridan beri davom
etib kelmoqda. Natija esa...
natija esa bir guruh
qavmdoshlarini aldashdan
nari o'tishga yaramayapti.
Ayrim bozorlarda va yo'l bo'ylaridasotilayotgan ba'zi
asallarga asaldan boshqa
narsalar ham qo'shish hollari
ko'p uchraydi (Poytaxtimiz
bozorlarida toza asal ko'p,
lekin hammasining sifatiga kafolatberib bo'lmaydi).
Bunday "asal"lar tarkibida
umuman asal bo'lmasligi
ehtimoli ham yo'q emas.
Hayot qiziq-da, ba'zan
shunday voqealar ham bo'ladiki, hayratdan
yoqangni ushlashga majbur
bo'lasan: soxta asalni doimiy
yeb yurgan odamlar haqiqiy
asalga duch kelsa, uni tan
olmasligi ham mumkin. Biz bunga shaxsiy tajribamizda
ko'p uchraganmiz.
Soxta asal tarkibi asosan
shakardan iboratligi va
haqiqiy asalga o'xshatish
uchun har xil ximikatlar yoki yot narsalar qo'shilishi
sababli shifoligi u yoqda
tursin, hatto sog'liqqa zarar
qiladi. Allergiya qo'zg'ashi,
bir dardga ming dard
qo'shishi mumkin; qandli diabetnikuchaytirishi va
qon bosimini oshirish hollari
ham uchraydi. Agar faqat
shakardan tayyorlangan
bo'lsa, bu o'z yo'liga. Toza
asalning ham past narxda sotilishini inkor qilmagan
holda aytish kerakki, soxta
asalning birinchi belgisi juda
arzonligi - qariyb shakar
narxida ekanligidir.
Toza asalni qanday bilish mumkin?
Ibn Sino asal tanlashda
quyidagicha tavsiya beradi:
"Asalning eng yaxshisi shirin
mazali, yoqimli hidli, biroz
o'tkirligi bor, qizg'ish rangli va suyuq bo'lmay,
uzilmaydigan yopishqoq
bo'lganidir". Unga
qo'shimcha qilib, asalda
shirinlikdan tashqari
qo'shimcha yoqimli ta'm ham bo'lishini aytish lozim.
Qolaversa, asalni shirin deya
sifatlash ham unchalik to'g'ri
emas, sal nordonroq ta'mi
bo'ladi va dimog'ni
qitiqlaydi, qichishtiradi. Asal sotib olishda adashmaslik
uchun yana quyidagi
xususiyatlarini ham bilib
olish zarar qilmaydi.
Sifatni ko'rsatuvchi asosiy
belgilardan biri hid: toza asalning o'ziga xos,
xushbo'y va yoqimli hidi
bo'ladi. Ayniqsa, asal hidi
qaynatilgan suvda
eritilganda alohida seziladi.
Soxta asalning hidi qaynatilgan shakar yoki
xo'rozqandni eslatadi.
Hozirda xushbo'y hid berish
uchun soxta asallarga har xil
aromatlar ham qo'shiladi.
Asal rangsiz, och sariq, qaymoqrang, tiniq sariq, to'q
sariq, qizg'ishtob, qizg'ish,
shuningdek, mallamtir
qahvarangda ham bo'ladi.
Umume'tirof etgan
me'yorlarga ko'ra eng yaxshi asal ochiq oltin ranglisidir.
Toza asal iliqroq suvda
eritilsa, tiniq bo'lmaydi - sal
bo'tanaroq bo'ladi.
Yaxshi va me'yorida pishgan
asal qotish jarayonida bir maromda kristallashadi,
erishda ham. Bu xususiyat
ko'proq tog' asaliga tegishli.
Cho'lda olingan asalning
ayrimlari esa eriganda ustki
qismidan erib keladi. Agar asal namligi va harorati
yuqori bo'lmagan joyda
saqlansa, qishda uni, Hojiboy
Tojiboev aytganidek, hatto
pichoq bilan kesib olish ham
katta qiyinchilik tug'diradi. Soxta asal esa qishda ham
qotmaydi (har xil vositalar
bilan qotirilishi ham
mumkin). Umuman qishda
suyuq asal sotib olish
tavsiya etilmaydi. Chunki toza asal eritilgan taqdirda
ham o'z shifobaxshligini
yo'qotadi. Tabiiy
xususiyatlarini saqlab qolish
uchun eritish vaqti asal 60 S
dan qizib ketmasligi kerak. Glyukoza
kristallashuvchanlik
xususiyatiga ega bo'lganligi
uchun cho'l asali odatda tez
qotadi. Tarkibida nisbatan
fruktoza ko'p bo'lgan tog' asalida esa bu jarayon
sekinroq yuz beradi.
Tabiiy asal choyga solinsa,
tezda yoyilib ketmaydi.
Shuningdek, bu xususiyatini
qog'ozga yoki shunga o'xshash biror narsaga
tomizib ham tekshirib ko'rsa
bo'ladi.
Haqiqiy va soxta asal orasida
turadigan yana bir tur asal
borki, uni nima deb atashni ham bilmaysan, kishi.
Mavsum mobaynida tabiatda
shira kam bo'lsa, asalarichilar
asalariga shakarli suv beradi.
Asalari esa uni asalga
aylantiradi. Unda kam bo'lsa ham tabiiy asal xususiyatlari
bo'ladi, lekin shifobaxshligi
haqida unchalik qat'iy
kafolat berib bo'lmaydi.
Doimiy yeb yurmagan odam
uchun, albatta, toza asalni soxtasidan ajratib olish oson
emas. Shuning uchun, asalni
farqlamasangiz, eng
yaxshisi, aniq ekspertizadan
o'tganini yoki ishonchli
asalarichilardan xarid qilganingiz ma'qul. Ayniqsa,
shifo uchun bo'lsa...

 

*ASAL XOSSALARI* - Asal mazasi asalari qaysi o'simliklardan shira olganligiga qarab aniqlanadi. Unga qaysi o'simlik shirasi asoslik vazifasini o'tagan bo'lsa, asal ham o'sha o'simlik nomi bilan sifatlanadi. Masalan akasiya asali , paxta asali , beda asali, kungaboqar asali , yantoq asali va h . k . Asal borasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot natijalariga ko'ra, uning tarkibida 75 foiz meva shirinligi mavjud. qolgan qismi esa suv, oqsil moddasi, kislotalar, fermentlar va xushbo'y moddalardan iborat. Sof asal shifobaxshlik xususiyatiga ega, u juda ko'p yillar davomida buzilmay turadi. Bir kilogramm asal 3150 kaloriya quvvatga ega. Bu 30 dona tuxum yoki 2.5 kg semiz go'shtning quvvatiga teng degan so'zdir. 200 gr asalning quvvagi 180 gr pishloq, 8 dona apelsin va 350 gr maydalangan go'sht quvvatiga tengdir. Asalning tarkibida juda ko'p vitaminlar va mikro- elementlar bor. Asal tarkibida mikro va mikroelementlarning borligi asalning sifatini, shifobaxshlik xususiyatini boyitadi. Asalning bu shifobaxshlik xususiyatini saklash uchun shisha, sopol va sirlangan idishlarda qorong'i joylarda saqlash lozim, asal saklangan uyni tez-tez shamollatib turish, haroratni esa 5-10 darajadan oshirmaslik lozim. Uni temir, alyuminiy idishlarda mutlaqo saqlab bo'lmaydi. Chunki uning tarkibidagi moddalar temir va alyuminiy bilan reaksiyaga kirishib, zaharli moddalar hosil qilishi mumkin. Asalni o'pka, buyrak, jigar, yurak va qon- tomirlar, oshqozon va ichak, markaziy asab sistemasini, ko'z, teri kasalliklarini va turli- tuman surunkali yara kasalliklarini davolashda keng qo'llash mumkin. Surunkali bronxit, farangit va rinit, o'pka kasalliklariga 5-10 foizli asal eritmasi tayyorlab, ingalyasiya qilinsa, bemor tez tuzalib ketadi. Oshqozon, ichak kasalliklarini davolashda ham asal juda foydali. Oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yarasi kasalliklarini davolashda ovqatdan 1,5-2 soat oldin 25-30 grammdan iliq suv yoki-meva sharbatiga asal eritib ichilsa, oshqozon shirasi ko'payishiga sabab bo'ladi. Asal bilan davolanishda bir kunda o'rtacha 80-100 grammgacha asal tanovvul qilish mumkin. Erta bilan 30 gramm miqdorda. Davolash vaqti bir yarim - ikki oyga mo'ljallangan. qadimgi yunonlarda chakalokni emizishdan oldin uning og'ziga bir necha tomchi asal tomizish yoki ona ko'ksiga asal surtish odat bo'lgan. Darvoqe, ba'zi vaqtlarda bolaga sigir suti berishga to'g'ri keladi. Lekin bunda bolaning rangi bir oz oqaradi, harakatlari esa bir oz susayadi. Ana shunda sutga ozgina asal qo'shilsa bas go'dak sog'ayib ketadi. Ozishga moyillik, gepatit va oshqozon-ichak, nafas yo'llari kasalliklarini davolashda ham asaldan foydalanish ma'qul. Ba'zi yosh bolalar har xil sabablarga ko'ra ishtahasi bo'lmay kam ovqat yeydi. Bunday bolaga vaqti-vaqti bilan asal berib turilsa ishtahasi ochiladi. Asal ozmoqchi bo'lgan kishilarga ham, semirishi kerak bo'lgan kishilarga ham baravar shifobaxsh ta'sir ko'rsatadi. Darmonsiz, ozg'in kishilar asalni boshqa oziq-ovqatlar bilan birga tanovvul qilishlari kerak. Semirib ketgan kishilarga esa ozish uchun asalni ho'l meva yoki suv bilan iste'mol qilish tavsiya etiladi. Yurak kasalliklariga chalingan bemorlarga yalpiz asali, oshqozon ichak kasallanganda rul asali, buyrak kasallansa, har xil giyohlar va mevali daraxtlar asalini iste'mol qilish tavsiya etiladi. Asal eng avvalo, toza, tarkibida shakar qiyomi, sirka qo'shilmalarisiz bo'lmog'i kerak. Asalni isitilsa shifobaxshlik xususiyati ancha yo'qoladi. Shuning uchun uni o'z holicha, ya'ni tabiiyligicha futur yetkazmay foydalanish yaxshi samara beradi. Asal to'g'risidagi hamma ma'lumotlarda xozirgi zamon fani tibbiyoti ham uning ko'p foydali xususiyatlariga tan berganligi e'tirof qilinadi. Asal kishi organizmiga beqiyos foydali bo'lganligidan hamma kasalliklarga davo hisoblanadi. Ibn Sino asalning shifobaxshligini o'rganib, turli xil kasalliklarni davolagan hamda bu borada o'zining qimmatli tavsiyalarini ham ishlab chiqqan. Chunonchi nafas a'zolari yaralanib qolsa, asalni tanglay bilan ezib so'rishni, ko'z hiralashib qolsa unga asal surtib ko'z xiralashishini ketkizishni maslahat beradi. Buyuk tabib bundan ming yil ilgari asalni kishini tinchlantiruvchi xususiyatiga ega ekanligini ham isbot etgan. Shu maqsadda uni uyqusizliqda va har xil asab kasalliklari, shuningdek, bolalar kasalliklarini davolashda qo'llagan. Bunda dastlab asalning quvvatligiga, tez hazm bo'lishiga, xushbo'yligiga shirin ta'mga ega bo'lishiga tayanib ish ko'rganligini maxsus uqtirib o'tadi. Bundan tashqari, oshqozon ichak va boshqa a'zolarning kasalliklarini davolashda, turli xil shamollashlar va o'pka kasalliklarida asalni iliq sutga yoxud limon, sabzi, sholg'om suvlariga aralashtirib ichishni buyurgan. o'tmishda odamlar uzoq muddat safarga chiqqan paytlarda tez buziluvchi oziq- ovqatlarni saqlashda asaldan foydalanganliklari ma'lum. hatto toza asalni o'lganlarni balzamlashda (buzilishdan saqlashda) ham ishlatganlar. Sarkarda Aleksandr Makedonskiyning jasadini o'z vataniga shu tarzda olib kelingani

Поделись с друзьями:

- Добавлен: ADMIN
- Дата публикации: 21.02.2015 18:59
- Категория: Salomatlik va Tibbiyot
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz