Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Har kuni asal yesangiz, nima bo‘ladi?

Asal ilgaridan bizning organizmimiz uchun foydali bo‘lgan mahsulotlardan biri deb e’tirof qilinadi. Tabiiy asalning tarkibidagi zarur fermentlar va qarish jarayonini sekinlashtirish qobiliyati unga superfud degan faxriy nomni in’om qilgan.

Agar siz har kuni asal iste’mol qilishni boshlasangiz, organizmingizda nimalar yuz berishi haqida ushbu maqolamizdan bilib olasiz.

 Teri toza bo‘ladi

Asal tabiiy antioksidant hisoblanadi, ya’ni u organizmni ortiqcha toksinlardan tozalashga yordam beradi. Antibakterial xususiyati tufayli esa u teringizni tozalaydi.

Vaznni kamaytiradi

Asal tarkibidagi shakar biz har kuni iste’mol qiladigan shakardan farq qiladi. Vazningizni kamaytirmoqchi bo‘lsangiz, shirinliklarni asal bilan almashtirishga harakat qiling.

Qondagi shakar miqdori

Asal tarkibidagi fruktoza va glyukozaning noyob birikmasi organizmga qondagi shakar miqdorini tartibga solishga va xolesterin miqdorini kamaytirishga yordam beradi.

Yurak kasalliklari

Asal tarkibidagi flavonoidlar va antioksidantlar yurak-tomir kasalliklari paydo bo‘lish xavfining oldini oladi. Tadqiqotlar asalning insulьtga olib keluvchi jarayonga to‘sqinlik qiladigan qondagi xolesterinning oksidlanish jarayonini sekinlashtirishini isbotladi.

Alvido, toksinlar

Asal va iliq suv — hazm qilish tizimidan zararli chiqindilarni yuvishga yordam beradigan eng yaxshi birikma hisoblanadi. Buni qo‘l ostidagi vositalar yordamida uy sharoitida detoksikatsiya qilish deb ham aytish mumkin.

Immun tizimi

Asal immun tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi ba’zi xususiyatlarga ega. Asosiysi, faqat sizni ko‘plab noxush bakteriyalardan himoya qiladigan fermentlar, vitaminlar va minerallarga boy bo‘lgan organik asal sotib oling.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 01.01.2018 08:40
- Категория: Salomatlik va Tibbiyot
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz