Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Ishonch hissining sog‘liqqa ta’siri

Farzandlarimiz bizdan-da aqlli, farosatli, hayotda qoqilmaydigan, omadli bo‘lishini istaymiz. Bu orzular amalga oshsin desak, uydagi muhitni ijobiy tomonga o‘zgartirishimiz zarur. Bolalarni ruhiy tushkunlik, ishonchsizlik hissidan qo‘rishning bir chorasi hayotning har bir daqiqasidan quvonishga, bo‘lib o‘tgan har bir voqeaga ijobiy fikr bildirishga o‘rgatishdir. Ota-onaning o‘ziga, hayotga ishonchi, albatta far­zand­larida ham aks etadi.

Kichkintoyingizni ertalab ­chiqqan quyoshdan, oyisi pishirgan kulchadan, olgan “besh” bahosidan chin dildan xursand bo‘lishga o‘rgating. Bolaning hayotdan zavq oladigan xushchaqchaq inson yoki odamovi bo‘lib ulg‘ayishi aynan ota-onaning dunyoqarashiga bog‘liqligini unutmaylik.

* * *

Kishi umidsizlikka berilsa, qattiq siqilsa, qondagi adrenalin va kortizol miqdori keskin oshadi. Adrenalin qon bosimini ko‘taradi, qonning tez quyulishiga ham shu “jizzaki” gormon sababchi. Kortizol esa tanada yog‘ qatlamini hosil qilishda qatnashadi. Bu xavfli juftlik yurak xastaliklarining rivojlanishiga qulay zamin yaratadi.

* * *

Vaqtingizni behuda siqilishlar va aldamchi xayollar egallab olishiga yo‘l qo‘ymang. Buning foydasi yo‘q. Hadeb o‘tgan voqealarni, omadsizliklarni eslamang!

* * *

Ertangi muammolardan xavotirga tushmaslik uchun bugundan harakat qiling. Ya’ni, bugun rejalashtirgan har bir ishning uddasidan chiqing. Shundagina ruhiy zo‘riqishlardan saqlanib, kelajakdagi rejalarga ishonch bilan qaray olasiz.

Shukrullo JALILOV,

tibbiyot fanlari nomzodi

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 15.01.2018 14:54
- Категория: Salomatlik va Tibbiyot
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz