Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Naushnikning Zarari!

Naushnikning zarari! Bilib
oling. Kundalik hayotimizda har bir
buyumning o’z o’rni bor.
Ba’zilari
hayotimiz uchun zarur,
boshqalari esa hayotimiz,
sog’lig’imiz uchun zararli buyumlardir. Texnika kundan-
kunga rivojlanib, biz uchun qulay
bo’lgan yangidan-yangi
buyumlar ixtiro qilinyapti. Shular
jumlasidan kompyuter, uyali
telefon, player, naushniklarni misol qilib olishimiz mumkin. Xo’sh,
bu buyumlar bizning
hayotimizda qanchalik muhim ro’l
o’ynaydi? Bugungi kunimizni
uyali telefonsiz tasavvur qilib
bo’lmaydi. Katta-yu kichikda telefon. Hatto maktab
o’quvchilarida ham. Kompyuter,
uyali telefondan uzoq vaqt
tinimsiz foydalanilganda, uning
inson hayoti uchun zararli
tomonlar haqida ko’p marotaba so’z yurutildi. Lekin uyali telefon
naushnigining ham zararli
ekanligini bilasizmi? Naushnik uyali
telefondan
kelayotgan radiatsiyani
kamaytirar ekan. Lekin bu moslamadan noto’g’ri
foydalanish oqibatida esa eshitish
organlariga zarar yetadi. Odam
qulog’i sog’lom bo’lganida 10-15
detsibel tovushlarni payqay oladi.
Aslida barglar to’kilayotganda 20, sekin ovoz bilan so’zlashganda
20-30, soat chiqqillashida 30,
suhbat jarayonida 30-35 detsibel
tovush hosil bo’ladi. Uyali telefon
naushnigida esa 120 detsibel
tovush hosil bo’ladi. Bunday baland tovush nafaqat eshitish
organiga, balki asab tizimlariga
ham yomon ta’sir ko’rsatadi. 90
detsibeldan baland bo’lgan
tovush eshitish, asab tizimida
joylashgan tolalarga yomon ta’sir ko’rsatadi. Bu asab tolalari 30
mingtani tashkil etib, juda baland
tovushda 25 foizi halok bo’ladi.
Tolalarning yarmidan ko’pi halok
bo’lsa, inson kar bo’lib qolishi
ham mumkin. Uyali telefon naushnigi orqali musiqa
eshitishga mukkasidan ketgan
bolalar avvaliga yaxshi
eshitmayotganligini sezmasligi
mumkin. Ularga baland ohangda
gapirmasangiz eshitmaydi, suhbatjarayonida esa bitta gapni
bir necha bor takrorlashingizga
to’g’ri keladi. Agar siz shunday
holatni sezsangiz dar hol quloq
doktoriga murojat qilishingiz
kerak.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: ADMIN
- Дата публикации: 21.02.2015 18:57
- Категория: Salomatlik va Tibbiyot
Рекомендуем
xa togri ku bilib ewitib xam baribir nauwnikni ewitamiz togri mi?
Manam juda köp ewtaman ertalabdan kechgacha bowim köp oridi
Zarari bor ekanda

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz