Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Parhezshunoslar yog'lardan xalos etuvchi eng samarali mahsulot nomini e'lon qilishdi

Oqsil-uglevod parhezida eng samarali natija beruvchi bu papayya mevasi ekanligi aniqlandi. Papayyani ortiqcha yog'lardan xalos etish xususiyatiga ko'ra "XXI asr mahsuloti" deb nomlashdi.

Shuningdek, parhezshunoslar papayyani supermeva deb atashligini ham ta'kidlashdi. Ular buni unda singuvchi hamma vitaminlarning borligi hamda yog'larni so'rib oluvchi modda papainning mavjudligi bilan izohlashdi, deb yozadi "KUN.UZ".

Papain gidrolaz turkumiga kiruvchi o'simlik fermenti bo'lib, fiziologik xususiyatiga ko'ra oshqozon shirasiga o'xshab ketadi. Shuning uchun papayya mevasi tez hazm bo'lishi bilan alohida diqqatga sazovor.

Shu bilan birga parhezshunoslar papayyani organizmning oqsil moddasini o'zlashtirishi qiyinligi bois oqsil yetishmovchiligi bo'lgan kishilarga ham tavsiya etadilar.

Ko'zlangan maqsadga erishish uchun papayyani to'g'ri iste'mol qilish kerak. Uni ovqatdan oldin, ovqatlanish vaqtida yoki ovqatdan keyin iste'mol qilish darkor.

 

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 26.03.2016 23:36
- Категория: Salomatlik va Tibbiyot
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz