Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Qishdan so'ng ozish yo'llari

Qish davomida har bir inson vazni o'rtacha 2 dan 5 kg gacha oshadi. Buning sababi asosan organizmdagi modda almashinuvidir. Bahorga chiqib semirib ketganligingizdan xafa bo'lmaslik uchun, ozish uchun ayrim ayyorliklarga amal qilishingiz lozim.
a) Ko'pchilik shokoladni semirtirishga olib kelishiga qaramay yeyishni juda yaxshi ko'radilar. Buning sababi shokolad yeyilganda organizmda seratonin degan "Baht garmoni" ishlab chiqishidir. Ya'ni shokolad iste'mol qilib o'zingizni xursand his qilasiz. Agar siz shokolad yeyishni xush ko'rsangiz, undan butunlay voz kechish shart emas. Ayyorlik bilan ish tuting. Shokolad sotib olayotganingizda faqat achchiq qora shokoladni tanlab, kuniga 2-3 donachadan yeb yuring. Agar shokoladni baribir qumsasangiz, u holda shokolad hidli atir, sovun va boshqa anjomlardan foydalanib yurishingiz mumkin.
b) Sovuq kunlarda ayniqsa organizm uglevodlarni talab qiladi. Uglevodlar esa, bu shirinlik va xamir mahsulotlari. Pishiriqlarni qurutilgan mevalar bilan (turshak, magiz, barge, qoqi), sabzavot va oddiy mevalar bilan almashtiring. Mevali sharbatlardan ko'p iste'mol qiling. Ho'l mevalarni tishlab yegandan ko'ra kesib-kesib yesangiz,foydaliroq bo'ladi. Yog'liq mol yoki qo'y go'shti o'rniga parrandalar go'shtidan iste'mol qilib yuring.
c) Qishning sovuq kunlarida toza havoda jismoniy mashg'ulotlarni amalga oshiring. Sovuq kunda yog'lar tezroq parchalanadi. China, konkida uchsangiz ham maroqli, ham foydali bo'ladi. Albatta ozish uchun eng foydali sport turi bo'lgan, basseynda suzish haqida unutmang.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: ADMIN
- Дата публикации: 22.02.2015 23:23
- Категория: Salomatlik va Tibbiyot
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz