Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Sezgi to'g'risida umumiy tushuncha.

Jahon psixologiyasi fani ma'lumotlarining ko'rsatishicha, sezish oddiy psixik bilish jarayoni hisoblanib, moddiy qo'zg'atuvchilarning muayyan retseptorlarga bevosita ta'sir etishi orqali mavjud olamdagi narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlarini, shuningdek, inson organizmining ichki holatlarini aks ettirishdan iborat bilishning dastlabki bosqichidir. Sezgi biosfera va neosferada harakatlanuvchi jamiki narsalarning, xoh mikro, xoh makro tuzilishidan qat'iy nazar, sezgi organlariga ta'sir qilish natijasining sodda obrazlar, timsollarning ayrim tarkibiy xususiyatlar sifatida aks etishidir. Inson atrof-muhitdagi moddalar shaklini, harakatlar ko'rinishini, ularning xossalarini olziga xos xususiyatlarini sezgi organlari yordamida biladi.
Sezgilar to'g'risidagi ilmiy ta'limotlarga ko'ra narsa va ularning xossalari, tarkibiy qismlari, xususiyatlari, shakllari, harakati birlamchi hisoblanib, sezgilarning o'zi esa tashqi va ichki qo'zg'atuvchilarning sezgi a'zolariga ta'sir ko'rsatishining mahsulidir. Ma'lumotlarga qaraganda, sezgilar moddiy borliqning, voqelikning haqqoniy tasvirini in'ikos qiladi, binobarin, moddiy olam qanday ko'rinishga, shaklga, xususiyatga ega bo'lsa, ular xuddi shundayligicha o'zgarishsiz aks ettiradi.
Psixologiyada sezgilarning fiziologik asosini va mexanizmlarini qo'zg'atuvchining o'ziga mutlaq mos bo'lgan analizatorlar ta'siri natijasida yuzaga keluvchi asab jarayoni, uning tizimi, tuzilishi tashkil qiladi. Fiziolog va psixologlar-ning ta'limotlariga ko'ra, analizator uch o'zaro uzviy uyg'unlikka ega bo'lgan tarkibiy qismlardan iborat. Sodda qilib aytganda, mazkur tarkiblar quyidagi ketma-ketlikda tuzilgandir:
1) tashqi kuch-quvvatni asab jarayoniga aylantirib beruvchi periferiya qismdan, ya'ni retseptordan;
2) analizatorlarning periferiya qismini markaziy qism bilan bog'lovchi afferent (markazga intiluvchi asab tolasi), o'tkazuvchi asab yo'llaridan;
3) periferiya qismlaridan keluvchi nerv impulslari qayta ishlanuvchi analizatorlarning miya po'stlog'idagi qismlaridan iboratdir.
Boshqacha aytganda, periferik nervlarning uchlari (ko'z, quloq, teri, burun kabilar), ta'sirotni eltuvchi (affe¬rent), javob qaytaaivchi (efferent) nerv tolalari, analiza¬torlarning orqa va bosh miya markazlari analizatorini tashkil qiladi.
Jahon psixologiyasi fani so'nggi yutuqlari hamda atamalariga qaraganda sezgilar quyidagicha tasniflanadi (ushbu tasniflanishning dastlabki ko'rinishi ingliz olimi Ch.Sherringtonga tegishlidir):
1) tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning xususiyat¬larini aks ettirishga moslashgan hamda retseptorlarga gavdaning tashqi qismiga joylashgan sezgilar, ya'ni eksterio-retseptiv sezgilar (retseptorlar);
2) ichki a'zolar holatlarini in'ikos etuvchi hamda retseptorlari ichki a'zolarida, to'qimalarida joylashgan sezgilar, ya'ni interoretseptiv sezgilar;
3) gavdamiz va tanamizning holati hamda harakatlari haqida ma'lumot beruvchi, muskullarda, bog'lovchi paylarda, mushaklarda joylashgan sezgilar, ya'ni proprioretseptiv sezgilar.
Birinchi turkum sezgilarni ko'rish, eshitish, hidlash, teri-tuyush, ta'm-maza kabi turlar tashkil qiladi. Ko'rish 380 dan 770 gacha millimikron diapazondagi elektromagnit nurlardan iborat jarayondir. Eshitish esa tebranish chastotasi 16 dan to 20000 gacha bo'lgan tovush to'lqinlaridan iboratdir. Ko'rish sezgilari bosh miya po'stlog'ining orqa bo'lagida joylashgan bo'ladi. Eshitish sezgilari bosh miya po'stlog'ining tepa burmasi qismidan joy egallagan. Teri-tuyush, harakat sezgilari bosh miya po'stlog'ini markaziy burmasi orqa qismidan o'rin olgandir.
Endi sezgilarning tavsiflanishi, mohiyati va lining negiziari haqida fikr yiiritamiz.
A.R.Luriyaning fikricha, interoretseptiv sezgilar as! ma'nodagi sezgilar emas, balki emotsiyalar bilan sezgilar o'rtasidagi oraliq sezgilar sifatida namoyon bo'ladi. Psixologiyada mazkur sezgilarning subyektiv ravishda paydo bo'lishi yetarli darajada chuqur o'rganilmagan, shu bois uiar ,,noma'lum hislar" doirasiga kiritiigan. Ular to'g'risidagi bilimlar bilan tanishish, o'zgarishlarni tekshirish ,,kasalliklarning ichki manzarasi"ni ifodalashda muhim o'rin tutadi. Ichki a'zolarning xastaligida vujudga keluvchi mazkur holatlar ichki kasailiklarni tashxis qilishda alohida ahamiyat kasb etishi turgan gap (A.R.Luriya tadqiqotlaridan).
Bunday xususiyatli ixtiyorsiz sezgilar insonda juda erta uyg'onadi, shuningdek, ularning ifodalanishi ham o'ziga xos shakllarga ega. Chunonchi, ular ,,oldindan his qilish" sifatida paydo bo'lib, hatto inson ularni ta'riflab berish imkoniyatiga qodir emas, ko'pincha ushbu kechinmalar tushda ayon berib, qaysidir kasallik xurujidan darak beradi, xolos.
Ular insonning kayfiyatida, emotsional reaksiyalari o'zgarishida ko'zga tashlanadi, shu tufayli bola xatti-harakatining keskin o'zgarishiga sabab bo'ladi. Chunki, bola o'z tana a'zolaridagi ichki holatlarning o'zgarishini anglash, sezish, his qilish uquviga ega emas, shu bois buni undagi xatti-harakatning umumiy o'zgarishidan sezish mumkin. Bu

Поделись с друзьями:

- Добавлен: ADMIN
- Дата публикации: 22.02.2015 23:37
- Категория: Salomatlik va Tibbiyot, Psixologiya
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz