Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Soch to'kilishini qanday to'xtatish mumkin?


Hozir soch to'kilishiga qarshi juda ko'p vositalar ishlab chiqilgan. Bunday vositalarning ommabop bo'lib ketayotgani zamonaviy dunyomizdagi ko'plab omillarga bog'liq: ekologik vaziyatning yomonlashuvi, oziq-ovqat mahsulotlari qimmatliligining tushib ketishi, stress va kishilarning yomon salomatligi ko'payib borayotgani.

 

Sochlarning kuchli to'kilishiga faqat trixolog shifokor tashhis qo'yishi va davolashi mumkin. Odamlar asosan avitaminoz yoki turli surunkali kasalliklarning kuchayishi tufayli mavsumiy soch to'kilishidan shikoyat qilishadi.

 

Soch to'kilishiga qarshi xalq tabobati vositalari esa salonlarga bormasdan, sochlarini uyda mustahkam qilmoqchi bo'lgan kishilar orasida juda ommabopdir. Quyida sochlaringizni ko'p to'kilishdan saqlaydigan, ularni chiroyli, jiloga boy va qalin qiladigan bir nechta retseptlarni keltiramiz. Ularni bemalol uyda qilishingiz mumkin.: Sochingiz juda yog'li bo'lsa, yuvilgan va quritilgan sochlarga va boshga qichitqi o't (krapiva) damlamasini surish kerak bo'ladi. Buning uchun bir osh qoshiq qichitqi o'tga bir stakan qaynab turgan suv quyiladi, damlanib qo'yiladi va keyin dokada suzib olinadi.

 

Ovqatdan oldin yangi uzilgan piyozni iste'mol qilish zaif sochlarni mustahkamlaydi. Sochlar to'kilishiga qarshi ishlatiladigan yog'ni (masalan, sochlarni yuvishdan bir yoki yarim soat oldin chakamug' yog'i, zaytun yog'i) sochlarning iltiziga ishqalab surtish kerak. Shuningdek, buning uchun kanakunjut nastoykasi ham xuddi shunday sochlarning ildiziga ishqalanadi.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: ADMIN
- Дата публикации: 22.02.2015 23:51
- Категория: Salomatlik va Tibbiyot
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz