Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Soch to‘kilishini oldini, olish muolajalari (uy sharoitida)

Buning uchun kanakunjut nastoykasi ham xuddi shunday sochlarning ildiziga ishqalanadi. Jo'ka (lipa) damlamasi quruq sochlar to'kilishini to'xtatadi (ikki osh qoshik jo'kaga bir litr qaynab turgan suv quyiladi va yigirma daqiqaga damlab qo'yiladi). Ushbu damlamani sochlarni chayish uchun qo'llasa ham bo'ladi. Bundan tashqari, uy sharoitida soch to'kilishiga qarshi niqoblarni ham tayyorlash mumkin: Qariqiz (lopux)ning maydalangan ildizi (40 g) 10 kun davomida zaytun yog'ining ichiga solib qo'yiladi (10 kun) va 15 daqiqa past olovda qaynatiladi. Konyak, piyoz suvi va qariqiz (lopux) ildizi damlamasidan iborat aralashma (1:4:6 qism) bosh terisiga ishqalab suriladi. Boshni sochiq bilan o'ragan holda niqob bir soat ushlab turiladi. Qichitqi o't (krapiva) barglaridan tayyorlangan damlama (100 g) suv va sirka (500 g) bilan aralashtiriladi va yarim soat qaynatiladi. 40 daqiqa davomida tindirib qo'yiladi, dokada suzib olinib, keyin sochlarni ho'llash kerak.Ko'p holatlarda soch to'kilishiga ularning sinuvchanligi ham sababchi bo'ladi. Soch to'kilishiga qarshi shampunlarning aksariyati aynan shunga qarshi ta'sir qiladi. Shampuningizning ta'sirini kuchaytirish uchun unga soch to'kilishiga qarshi qitaminlarni qo'shishning o'zi kifoya. Masalan, shunday vitaminlarga E vitamini kiradi.Soch to'kilishiga qarshi vitaminlar turli niqoblar uchun asosga aylanishi mumkin. Ularni tayyorlash uchun ikki choy qoshiqdan limon suvi, A vitamini va yog'li E vitamini, kanakunjut moyi (kastorovoye maslo) va dimeksid (yallig'lanishga qarshi vosita) aralashtiriladi. Soch to'kilishiga qarshi moy soch ildizlari va sochning o'ziga suriladi, ustidan plyonka bilan, keyin esa sochiq bilan o'raladi yoki shapka kiyiladi. Bu niqobni bir soat ushlab turish kerak, so'ngra shampun vositasida yaxshilab yuvib tashlanadi. Agar bunday muolajalardan keyin ham soch to’kilishiga barham berilmasa, soch to'kilishi tashxisi va uni davolash bo’yicha trixolog shifokorga murojat qiling.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: ADMIN
- Дата публикации: 22.02.2015 23:52
- Категория: Salomatlik va Tibbiyot
Рекомендуем
Foyda bermadi?tòkilyapti yana sochim
Manga piyoz foda bermadi??yana tokilyapti shocim

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz