Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Tadqiqot: smartfonlarni yotoqxonadan uzoqroq tuting!

Olimlar o‘tkazgan yangi tadqiqot smartfon va planshetlar bolalarning uyqusiga salbiy o‘tkazishini ko‘rsatdi, deya ma’lum qiladi  «Sof» nashri.

Londondagi Qirol kolleji va Kardif universiteti olimlari o‘tkazgan 11 ta tadqiqot natijasida zamonaviy aloqa vositalari o‘chirib qo‘yilganda ham inson uyqusiga salbiy ta’sir qilishi aniqlangan. Olimlar 125 ming nafar bolaning uyqusiga texnologiyalarning ta’sirini o‘rganib chiqib, shunday xulosaga kelganlar.

Olimlar fikricha, uxlashdan avval smartfonlardan foydalanish tungi uyquning buzilish xavfini ikki barobar orttiradi. Bu esa ertasi kuni uyqusirab yurish ehtimoli ikki barobarga ko‘proq bo‘lishini anglatadi.

Bu kabi uskunalarning xonada mavjudligining o‘zi ham uyqudagi halovatning buzilishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun olimlar yaxshi uxlash uxlash uchun smartfonlarni yotoqxonadan uzoqroq tutishni maslahat bermoqda.

Ma’lumki, ijtimoiy tarmoqlarda doimo faol bo‘lish hamda tezkor xabar almashishga odatlanish bolalarda smartfonlar ishlatishga bo‘lgan ishtiyoq ortishiga sabab bo‘ladi.

«Tadqiqot natijalari zamonaviy aloqa vositalarining uyqu davomiyligi va sifatiga zararli ta’sir o‘tkazishini isbotlaydi. Uyquning ahamiyatini ko‘pincha to‘g‘ri baholay olmaymiz. Ammo uyqu bolalarning rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Muntazam ravishda uyqu yetishmasligi ko‘plab kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Ixcham aloqa vositalarining ommalashuvi hamda ularning maktablarda darsliklar o‘rnida ishlatilishi bolalar o‘rtasida uyquning yomonlashish muammosi yanada ko‘payishiga olib kelishi mumkin», – deb aytgan London Qirollik kolleji professori doktor Ben Karter.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 04.11.2016 18:39
- Категория: Salomatlik va Tibbiyot, Xayotiy Maslahatlar!
Рекомендуем
Rostan shunaqa mikan?

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz