Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Tishlar haqida ishonish kerak bo‘lmagan uydirmalar

Tishlarni davolash va ularning salomatligi haqidagi eng mashhur va sog‘liq uchun eng zararli xatolar.

1-uydirmaTishlarni davolash har doim og‘riqli kechadi

Hozirgi vaqtda stomatologlar butunlay boshqacha ishlaydi. Og‘riq qoldiruvchi vositalarning juda katta zaxirasi ularning ixtiyorida, ular har qanday holat va har qanday davolanuvchi uchun dori vositalarini tanlay oladi: olti yoshli boladan tortib to homilador ayollargacha. Hatto maxsus gel yordamida ignaning o‘rnidagi og‘riqni ham to‘xtatish mumkin.

2-uydirma. Anesteziya ko‘pincha ta’sir ko‘rsatmaydi

Og‘iz bo‘shlig‘ining sezuvchanligi har bir odamda o‘ziga xos bo‘ladi. Har doim stomatologga ukoldan keyin ham og‘riqni sezayotganingizni aytishingiz kerak. Bunga chidash kerak emas — shifokor bu doridan yana bir doza yuboradi va u ta’sir qilguncha kutadi.

3-uydirmaAgar tishlaringiz og‘rimayotgan bo‘lsa, stomatologga borish kerak emas

Bularning hammasi og‘riqdan qo‘rqishning natijasidandir. Lekin hech bo‘lmaganda yarim yilda bir marta stomatolog qabuliga albatta borish kerak. Ko‘pincha tishlarning kasalligi siz uchun mutlaqo sezilmasdan boshlanadi — hech qanday noqulayliksiz va og‘riqsiz.

Tishlar uchun xavfli jarayon belgilarini aniqlash faqat professionalning qo‘lidan keladi va u davolashni qancha ertaroq boshlasa, bu kasallik shuncha tezroq va osonroq o‘tib ketadi.

4-uydirmaTishlarni xalqona vositalar yordamida davolash mumkin

Tishning ichki to‘qimalari yallig‘lanishi yoki tish ildizi sohasidagi to‘qimalarning yallig‘lanishida xalq tabobati qanchalik foydasiz bo‘lsa, shunchalik zararli hamdir.

Kasal tishni aroq yoki spirt bilan chayqash haqidagi maslahatlar ham tishlar uchun hech qanday foyda bermaydi. Aksincha, bunday suyuqliklar og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

5-uydirma. Tishlarni qancha astoydil va ko‘proq tozalasangiz, shuncha yaxshiroq

Tish cho‘tkadagi pastaning ortiqchasi aksincha, tishlarni tozalashga xalal beradi — haddan tashqari ko‘p ko‘pik hosil bo‘ladi, cho‘tka tishdagi qatlamlargacha yetib bora olmaydi, faqat ularning yuzasi bo‘ylab harakatlanadi.

Stomatolog tavsiyalariga amal qilish lozim — u milklarning ahvolini, tishlarning kasalligini hisobga oladi va sizga muvofiq keladigan pasta va cho‘tka tanlashga yordam beradi.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 18.01.2018 17:53
- Категория: Salomatlik va Tibbiyot
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz