Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Tushda gapirish va qo‘rqinchli tush ko‘rishga nima sabab bo‘ladi?

Mutaxassislarning fikricha, tushda gapirish – umuman zararsiz hodisa, ammo juda kam hollarda u bir qator muammolarni, jumladan,  epilepsiya, ya’ni tutqanoqni keltirib chiqarishi mumkin.

Katta yoshdagi kishilar uyqu paytida ko‘proq gapirishadi va bu ikki turga bo‘linadi. Birinchisi aniq nutq bo‘lib, chuqur bo‘lmagan uyqu paytida kuzatiladi. Ikkinchisi esa noaniq nutq hisoblanadi va u chuqur uyqu paytida kuzatilishi mumkin.

Kattalar va bolalarning tushda gapirishlari kundalik taassurot va favqulodda hissiyotlar ta’sirida yuzaga kelishi bilan bog‘liqdir.  Bundan tashqari, qo‘rqinchi tush ko‘rish ham kundalik og‘ir ruhiy kechinmalar natijasida yuzaga kelishi mumkin

Ma’lumotlarga qaraganda, doimiy ravishda yomon tush ko‘rish salbiy his-tuyg‘ularni kuchaytiradi va o‘z joniga qasd qilishga olib kelishi mumkin.

Tez-tez qo‘rqinchli tush ko‘rish va o‘z joniga qasd qilishga moyillik o‘rtasidagi bog‘liqlik olimlar tomonida ancha oldin aniqlangan,  ammo uning mexanizmi haligacha noaniqdir.  Oksford universiteti ruhshunosi Simon Kayl va uning hammualliflari fikricha,  qo‘rqinchli tushlar bilvosita odamning hayotdagi mag‘lubiyat,  umidsizlik va chorasizlik haqidagi o‘ylarini kuchaytiradi.

90 nafar ko‘ngillilar (ularning barchasida juda chuqur tushkun kayfiyatga uchrash holati kuzatilgan) o‘rtasida olib borilgan tadqiqotlar davomida o‘zlarining holatlari, o‘y-xayollari, tushda asosan nima ko‘rishlari haqida so‘ralgan.

Ruhshunoslar olingan ma’lumotlarga asoslanib, odamning o‘z joniga qasd qilishi qo‘rqinchli tush ko‘radigan odamlarda ko‘proq kuzatilshini (ularning 62 foizi) aniqlashdi. Shu bilan birga, tadqiqotda ishtirok etganlar orasida tush bilan bog‘liq muammosi bo‘lmagan kishilarda suiqasd haqidagi fikrlar juda kam (20 foiz) kuzatildi.

Tadqiqotchilarning fikricha, qo‘rqinchli tush ko‘rish odam ruhiyatiga salbiy ta’sir qiladi. Ular hayotdagi og‘ir ruhiy zarba natijasida paydo bo‘lishi mumkin. Masalan, avtohalokat, urushda qatnashish, zo‘rlash va boshqa holatlar.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 22.08.2016 17:46
- Категория: Salomatlik va Tibbiyot, Xayotiy Maslahatlar!
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz