Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Yurak hastaliklari davosi!

Tuhumni chala pishirib, sarig’I yeb yurilsa, yurakni quvvatlantiradi. 
Yuragi siqilib, hafaqon dardiga uchragan kishi o’riga yoqadigan hushbo’y narsalarni (atirgul, rayhon, atir kabilar) o’zi bilan birga olib yurishi kerak.
Issiq mijozli odam kashnichni maydalab yeb yursa, yurakka quvvat beradi, uni hafalikdan qutqaradi. 
Hayvon (mol-qo’y) yuragini hil-hil qilib pishirib, yoki, yog’ bilan qovurib, sirka qo’shib yeyilsa, yurakka quvvat beradi, hafaqon illatini quvadi. 
Har kuni nahorda o’rik sharbatidan bir piyola ichish, yoki kuniga 4-5 ta o’rik turshagi yeb yurish har qanday yurak hastaligini davolashda ko’p keladi va yurakni baquvvat qiladi.
Govchamish (sigirko’z) shirasi, govzabon shirasi, gulob yurakka quvvat bag’ishlaydi.
Ovqatlanishda krahmal, sut mahsulotlari, qand-shakardan tiyinish ham bu kasallikda foyda beradi. 
Anbar (kashalot balig’idan olingan hushbo’y bodda) keksalarning yuragiga quvvat beradi.
Binafsha yog’i, shirin olma shrbati, shirin anor sharbti yurakni quvvatlantiradi.
Kapalakgulning gullaridan choy damlab ichish ham yurak hastaligiga davo. 
8 gramm pillani suvda qaynatib oq qand bilan qiyomiga keltirib yeyilsa, yurakni quvvatli qiladi. 
Tol bargi va novdalarini yoyib, ustiga yotilsa, yurak haroratini daf qiladi. 
Sariq choy (dalachoy) ning quruq o’tini suvda qaynatib tindirgach, bir osh qoshiqda kuniga 2-4 marta ovqatdan keyin ichish ham foyda beradi. 
Quritilgan kashnich, behi iste’mol qilish, oq atirgul hidlash bilan yurakni quvvatlantirish mumkin. 


Besh g.kungaboqar ildizining suvini ichilsa, sovuqlikdan zaiflashgan yurakka shifodir.
Kuniga bir kosa yangi sog’ilgan sigir sutini issig’ida ichilsa, yurakka kuch bag’ishlaydi. 
Nok, handon pista, anjir yurak zaifligi va hastaliklarini davolashda yaxshi shifodir.
Dasht yalpizi, suv yalpizini yanchib suv bilan yutilsa, yurakning behuzur bo’lishidan shifodir. 
Xar kuni ikki g. Qalampirmunchoqni yanchib, suv bilan yutilsa, yurak behuzurligini daf qiladi. 
Olvali (mayda olcha) va barcha turdagi behi yurak behuzurligini davolashda eng yaxshi vositadir.
Limonni shakar choy bilan ichish ham yurak behuzurligini ketkazadi.
Sovuq mizojli odamlar 8 g., issiq mizojli odamlar esa 2 g.dan sedana yeb yurilsa, yurak behuzurligidan forig’ bo’ladi. 

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 11.01.2016 22:39
- Категория: Salomatlik va Tibbiyot
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz