Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Erkaklarni qadrlash qanchalik muhim… (Ajoyib hikoya)

Bizni mahallada bir ayol bo’lib, u hamma uchun sirli edi. U chiroyli emas, to’ladan kelgan bo’lib, kiyinishida ham o’zgalardan farq qilar edi. Unda g’ayri oddiylik belgilari umuman yo’q bo’lsada, turmush o’rtog’i boshiga ko’tarib, juda hurmat, ehtirom ko’rsatar edi. Bu qanaqasi?! Hech kim buni tushuna olmas edi.

Bir kun men ularning uyiga kirdim. Kech kirgan edi. Ayol oshxonada kechki ovqatni tayyorlayotgan ekan. Shu payt eri ishdan keldi. U ishidan oyligini olib kelgan ekan. Oshxonaga kirib, ayoliga chekni berib, o’pib qo’ydi. Shunda ayoli hamma ishlarini tashlab, erini quchoqlab quyidagi so’zlarni aytdi: “Siz bu pullarni ishlab topish uchun qanchalik mehnat qilganingizni bilaman. Uyimizdagi hamma qulayliklar va meni uyda o’tirib oila haqida g’amxo’rlik qilishga imkoniyat berganingiz uchun sizga katta rahmat” deganiga guvoh bo’ldim.

Bu hali hammasi emas edi. Ayoli bolalar o’ynayotgan mexmonxonaga kirib, ularni bir muddat o’yindan to’xtashlarini iltimos qildi va o’rinlaridan turishlarni so’radi. “Mana qaranglar otangiz mehnat qilib mana bu pullarni olib kelibdilar. Endi Nafisaga yangi oyoq kiyim sotib olamiz, Alisher, sen esa velosipedingni tuzatib olasan”.

Bu gaplarni eri eshitib, yuzida tabassum bilan bo’layotgan voqealarni bir chekkada kuzatib turar edi. Bu ishi bilan ayol nafaqat o’zi balki farzandlarini ham otasining qadrli ekanligini ularga namoyon etdi. Erini nazarida ayoli dunyodagi eng go’zal ayoldek edi. Bu uyda eri ayolining uni mehnatini juda qadrlashini yuqori baholashidan dalolat berardi. Oddiygina ko’ringan bu ayol aslida juda g’ayri oddiy edi. U o’z erini qadrlagani uchun, uning nazarida undan g’ozalroq ayol yo’q edi.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 11.05.2016 21:42
- Категория: Xayotiy Xikoyalar!, Do'stlik Aforizimlari!
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz