Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Farzand tarbiyasi

Farzandingizni tolesiz qilishingizning eng sinalgan usuli qandayligini bilasizmi — u nima desa, hammasiga xo‘p deng. Ko‘pdan-ko‘p baxtsizliklarning ildizi shundaki, yoshlikdanoq bolani o‘z xohishlarini tizginlashga, bu ishni qilish mumkin, bunisini albatta qilish kerak, buni qilish esa mumkin emas, degan tushunchalarga to‘g‘ri yondashishga o‘rgatilmaydi. Insonni hamma: odamlar, buyum va narsalar, voqea-hodisalar, ammo eng avvalo va aksari hollarda odamlar tarbiyalaydi. Bular orasida esa ota-onalar bilan o‘qituvchilar birinchi o‘rinda turadilar. Ota-ona izzat-obro‘sining poydevori faqat ularning yurish-turishi-yu, ishlari, fuqorolik qiyofalari va xulq-atvorlaridir. Bolalar — bizning kelajagimiz! Ular maqsad va g‘oya-larimiz yo‘lida kurashmoq uchun yaxshi qurollangan bo‘lishlari kerak. Tarbiya... nihoyatda mashaqqatli ish. Mana endi hammasi joyida bo‘ladi, deb o‘ylaysan! Qarasang, ishlar boshqacha: hammasi endi boshlanayotgan bo‘ladi. Yoshlikda yuqqan odat va rusum nihoyatda mustahkam bo‘ ladi; biz buni tarbiya deb ataymizu, lekin bu tub mohiyati bilan erta shakllangan odat-ko‘nikmalardan boshqa narsa emas Hayotdan to‘la zavqlanish, ya’ni baxtga erishmoq uchun — bolalarda «buyuk muhabbat» uyg‘otish — vatanga, millatga, insoniyatga, tafakkur qudratiga ishonishga, inson qalbining go‘zalliklari oldida hayratlanishga o‘rgatmoqqa qodir bo‘lgan narsa faqatgina insonga, shaxsga nisbatan jonli va hayotbaxsh hurmat hislarini tugdira bilishdir. Tarbiyaning ilk bosqichida bolalar siymosida amaldorni ham, shoirni ham, hunarmandni ham emas, insonni ko‘rmoq zarur, keyin u inson bo‘lgani holda oxir-oqibat u yoki bu kasbni egallaydi.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: ADMIN
- Дата публикации: 21.02.2015 17:41
- Категория: Oilaviy Maslahat!
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz