Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Farzandingizni maktabda a'lochi bo'lishini xohlays

Farzandingizni Maktabda A’lochi Bo’lishiga Tavsiyalar Ko`plab ota-onalar tongda odatiy holga duch keladilar: bola zo`rg`a uyg`onib, chehrasidagi azob ifodasi bilan maktabga otlanadi. Bunday hulqning sababi nimada? Ahir agar bola biron-bir shodiyonaga shoshirsa yoki yaqinlashib kelayotgan bayramni intizorlik bilan kutayotgan bo`lsa, u ozgina uhlab, erta tongda ko`tarinki ruh bilan uyg`onishi ham mumkin. Demak, masala umuman boshqa narsada: bola maktabda uni mutlaqo bayram emas, boshqa narsa kutayotganligini juda yahshi biladi. Ahir maktabda odamning shaxsi tiklanadi, hayotdagi ustuvor narsalar oydinlashadi, Oliy O`quv Yurtiga kirish yoki kirmasligi hal bo`ladi. Ha albatta, maktab bayram emas, balki har kungi majburiy mehnatdir va bola ushbu fikrga ko`nikishi lozim. Biroq ota- onalar ushbu majburiy mehnatni ancha qiziqarliroq qilishlari va o`z farzandlarini ko`plab muammolardan halos qilishlari mumkin. Maktabga borishni hohlamaslikning asosiy sababi muayyan fanlardagi omadsizliklar yoki biron-bir o`qituvchini yoqtirmaslik bo`ladi.Ko`pincha ota-onalar farzandlarining nuqtai-nazarini qabul qilib, o`qituvchining nuqsonlarini oilaviy kengashda muhokama qila boshlaydilar, so`ngra bola o`zini buyuk zolimday his qiladi. Ammo bu o`quvchining maktabdagi og`ir vaziyatini yanada chuqurlashtiradi: muammo hal bo`lmay, aksiga og`irlashadi. O`qituvchi va o`quvchi orasidagi munosabat yanada taranglashib boradi, ko`p hollarda esa dushmanchilik ruhi ham suradi. Hattoki ota-onalar yuzaga kelgan vaziyat xususida o`z noroziliklarini bildirsalar ham, bu to`g`ri yo`l ekanligi va masalani yechishda yordam berishi amri mahol. O`qituvchi bilan bo`lib o`tgan suhbatdan so`ng, unga ko`rsatilgan bosim natijasida, u norozi bo`lb qoladi va ketganingizdan so`ng, albatta sizga bo`lgan munosabatini bolangizga qaytaradi, shunda bola salbiy reaktsiya zanjirida chetda qolib ketadi. Shu asnoda siz nafaqat ko`zlagan maqsadingizga yetisha olasiz, balki aksiga vaziyatni keskinlashtirasiz. Shunday holatlarda biz ota-onalar ustomonlik bilan ish tutishimiz kerak, hamda shunday yo`l tutingki, hamma o`z ishidan mamnun qolsin. Qanday qilib vaziyatni yengillashtirsa bo`ladi? Birinchidan, bola bilan sokin muhitda suhbat o`tkazish lozim, uni o`z omadsizliklarida ayblamasdan ( u shundoq ham yetarli darajada aziyat chekmoqda, hattoki o`zini beparvo va surbetlarcha tutayotgan bo`lsa ham ) va qaysi bir fan natijasida salbiy muhit yuzaga kelganligini oydinlashtirish lozim. Bola bilan so`roq usulida gaplashmaslikka va o`zingizni prokuror qilib tasvirlamaslikka harakat qiling. Turmushning past-balandini bilgan biz kattalar har kuni jazolardan qochib qutilish maqsadida va o`z-o`zimizni oqlash maqsadida juda ko`p xatoliklarga yo`l qo`yishimizni eslab ko`ring. Bizning bola esa bu dunyoda hali himoyasiz bo`lib, faqat biz unga yaqin bo`lgan insonlar unga yordam berib, himoya qila olamiz. Ikkinchidan, nizoni boshqa tomonlama tinglab ko`rishimiz kerak. Fan o`qituvchisi huzuriga borish uchun vaqt topishga harakat qilib ko`ring. Yana bir karra yahshi munosabat va yahshi muomila bilan o`qituvchining fikri bo`yicha bolani nima tashvishga solayotganligini va muallim vaziyatdan chiqish uchun qanday yo`l tutishni maslahat bera olishini aniqlashtirishga harakat qilib ko`ring. Agar o`qituvchidan salbiy fikr eshitsangiz, bola maktabga tashrif buyurganingiz to`g`risida bilmasligiga harakat qiling. Agar muallim yahshilikni istovchi inson bo`lsa, o`quvchiga uning ijobiy baholarini yetkazishga harakat qiling. Bu qisman bo`lsa ham bolaning muallim va sizning yoningizdagi bo`lgan aybdorlik hissini susaytiradi, unda ruhiy mushkul vaziyatdan chiqib ketishida umid paydo bo`ladi. Uchinchidan, pedagogning taklifini ham o`ylab ko`ring. Agarda o`zingiz bolangiz fanda yuqori darajaga ko`tarishda yetarli ma`lumotga ega bo`lmasangiz, muallimdan qo`shimcha pulli dars berishini iltimos qiling. Uzoq vaqtga repetitor yonlash umuman shart emas. Fan o`qituvchisinig yordami yahshiroq sanaladi, chunki birdaniga bir nechta muammo o`z yechimini topadi: - muallim va o`quvchi o`rtasidagi ruhiy va shaxsiy aloqa ahiyri tiklanadi. Pedagog sinfdagi har bir o`quvchiga baravariga razm sola olmaydi, undan tashqari ularning sinflari ham ko`p bo`ladi. Muallim bola bilan shaxsan uchrashganda, u 30 ta o`quvchi bilan emas, balki sinf tashqarisida o`zini umuman o`zgacha tutadigan, o`z fikrini bildira oladigan, kulgili va ahmoq bo`lib tuyulishdan qo`rqmaydigan mustaqil shaxs bilan tanishadi. Bola avvallari tushunishi shart emas deb bilgan narsalarni tushunib boshlaydi. Faqatgina psihologik to`siq buzilib, tana butun kuchini ma`lumotlar to`siqlarini yengib o`tishni boshladi xalos. Yodingizda tuting! Siz ajratgan yarim soatlik vaqt, g`amxo`rlik va ijobiy kayfiyatingiz bolangizni baxtiyor va muvaffaqiyatli qilishi mumkin

Поделись с друзьями:

- Добавлен: ADMIN
- Дата публикации: 22.02.2015 23:30
- Категория: Oilaviy Maslahat!
Рекомендуем
Hmmm

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz