Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
HAQIQIY AYOLNING 10 QOIDASI

Ayol ko`zguga qaraganida  doim mamnunlik hissini tuyishi, hayotdan zavq ola bilishi lozim. Shunday ekan, atrofdagilarning ko`zini quvnatib yurishdan charchamang!

1. Xushomadlarni qabul qilishni biladi

Ko`zguga qarab «Ko`rinishim yaxshimi?» degan savolingizga doim «hayratda qoldiradigan darajada go`zalman!» deya javob qaytaring!

2. O`ziga ishongan ayol tashqi ko`rinishi borasida atrofdagilarning fikri bilan qiziqmaydi

Sochingizning rangini o`zgartirib, dugonalaringizga: «Qaranglar, qanday ajoyib!» deng, hech kim fikringizni inkor etolmaydi!

3. Tabassum ulashishni kanda qilmaydi

Kulib turganingizni ko`rganlar «tabassum aynan shu inson uchun yaralgan», degan fikrga kelsin. Demak, qovoq uyub yurishni bas qiling! 

4. Haqiqiy ayol o`zidan mablag` qizg`anmaydi.

Go`zal tashqi ko`rinish uchun bir safar bor maoshini sarflar. Bu fojia emas! Shuni bilingki, o`zini sevgan ayolgina boshqalarning mehrini qozona oladi.

5. Tashqi ko`rinishiga doir istalgan fikrga munosib javob qaytara olish san`atiga ega bo`lishi kerak.

6. O`tib ketgan ish uchun sira afsus chekmaydi  

Noxush vaziyatning ham ijobiy tomonini ko`ra biladi. Keraksiz xotiralar va vaziyatlarni tezda unutadi.

7. Hech kimga hasad qilmaydi

Hasad raqiblar oldidagi qo`rquv belgisi ekanini unutmang!

8. Boricha ko`rinishdan cho`chimaydi

Samimiy munosabati doim atrofdagilarni uni o`ziga jalb qiladi.

9. Duch kelinadigan muammolarga engilroq ko`z bilan qaraydi

Tanqid qilganida, hatto koyiganida ham o`zini og`ir-vazmin tutadi. Uning gaplaridan so`ng, odamlar haqiqatan yaxshi tomonga o`zgarishga harakat qiladi.

10. Yomonlik va hiylalar haqida bosh qotirmaydi

Haqiqiy ayol shunchaki hayotdan zavq olib yashashni biladi!

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 24.12.2016 20:45
- Категория: Oilaviy Maslahat!
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz