Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Boy Bo'lish Uchun Qanday Fikirlash Lozim?

Amerikalik psixolog olim Xarv Eker uzoq kuzatishlar olib borib Boy insonlar, O’rtahol va Kambag’allar o’rtasidagi psixologik farqni o’rganadi.
U o’ziga savol beradi:Boy insonni nima boy qiladi, Kambag’alni nima kambag’al qiladi.Xarv Eker, uzoq vaqt psixologik so’rovlar va tadqiqotlari natijasida shu narsa malum bo’ldiki.Insonning millioner yoki kambag’al bo’lishi uning mehnatiga yoki bilimiga bog’liq EMAS ekan. Unda nimaga bog’liq? Insonning Psixologiyasiga ya’ni Qanday fikrlashiga bog’liq ekan.

U quyidagicha misol keltiradi. Masalan: Agar butun dunyo xalqini hamma boyligini tortib olsak, ya’ni barcha boylarning ham kambag’alning ham barcha mol mulkini tortib olaylik-da, keyin qaytadan butun aholiga teng taqsimlab beraylik.Nima bo’lar ekan ?! Albatta, avvalgi boylar yana boy bo’ladi. Avvalgi kambag’allar yana kambag’al bo’ladi.
BUNGA SABAB NIMA?!

Psixolog shunday xulosaga keladiki, boylar kabi fikrlash insonni boy qiladi
Kambag’al kabi fikrlash insonni kambag’al qiladi.

Kambag’al va o’rtahol insonlar odatda fikrlashlari o’xshash bo’ladi.Va bunday fikrlash ularni kambag’al bo’lishiga yoki o’rtahol bo’lishiga sababdir.Millionerlar, Boylar (Manaviy va aqliy tomondan boy) kishilarning bunday bo’lishiga sabab esa ularni fikrlashi ekan.

Inson o’z psixologiyasini ya’ni fikrlashini o’zgartirsa, u o’z hayotini ham o’zgartiradi.

1-fikrlash usuli:

Boy insonlar Har bir narsadaning foyda tomonini ko’radi.
Kambag’al esa har narsaning salbiy tomonini ko’radi.
Boy: Ko’lmakda oyni ko’radi,Kambag’al: Ko’lmakda loyni ko’radi.

2-fikrlash usuli

Boy insonlar Pulni ko’proq topish va jamlashni o’ylaydi.
Kambag’al insonlar Pulni ko’proq sarflashni o’ylaydi.

3-fikrlash usuli

Boy insonlar doim ilm olishga yangiliklarni bilishga intiladi.
Kambag’al insonlar hamma narsani bilaman deb o’ylaydi.

4-fikrlash usuli

Boy isnonlar qilgan MEHNATI va NATIJASIGA qarab daromad ko’rishni maqul ko’radi.
Kambag’al insonlar ishlagan VAQTIGA yarasha pul topishni maqul ko’radi.

5-fikrlash usuli

Boy insonlar muvaffaqiyatli kishilarga havas qiladi.
Kambag’al insonlar muvaffaqiyatli kishilarga hasad qiladi.

6-fikrlash usuli

Boy insonlar boy bo’lish uchun tinmay mehnat qiladi.
Kambag’al insonlar esa boy bo’lishni orzu qiladi.

7-fikrlash usuli

Boy insonlar katta narsalar haqida, Global muammolar haqida o’ylaydi.
Kambag’al insonlar esa kichik narsalar yoki faqat o’z uy joyi haqida o’ylaydi.

8-fikrlash usuli

Boy insonlar faqat G’ALABA yo’llarini izlaydi.
Kambag’al insonlar esa YUTQAZMASLIK yo’llarini o’ylaydi.

9-fikrlash usuli

Boy insonlar – Men do’stlarimga yordamim tegadi deb o’ylaydi.
Kambag’al insonlar – Do’stlarimni menga yordami tegadi deb fikrlaydi.

10-fikrlash usuli

Boy insonlar ko’proq Sotishni yaxshi ko’radi
Kambag’al insonlar ko’proq Sotib olishni yaxshi ko’radi.

11-fikrlash usuli

Boy insonlar faol mehnat qilishni o’ylaydi
Kambag’al insonlar ko’proq dam olishni o’ylaydi.

12-fikrlash usuli

Boy insonlar tavakkal qilishni yaxshi ko’radi.
Kambag’al insonlar 7 o’lchab bir kesishni yaxshi ko’radi.

Psixolog Xarv Eker, aytishicha: inson boy yoki Millioner bo’lishi uchun faqatgina bitta narsani o’zgartirsa bas,
faqat o’z fikrlashini o’zgartirsa bas. Uning hayoti ham o’zgaradi

Поделись с друзьями:

- Добавлен: ADMIN
- Дата публикации: 21.02.2015 19:03
- Категория: Boshqa Foydalilar!
Рекомендуем
Togri gap

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz