Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Gullar parvarishida yo‘l qo‘yiladigan 10 xato

  • Gulning pastki barglari qurishi va to‘kilishi yorug‘lik yetishmasligi yoki havoning o‘ta yuqori haroratliligi yoki yetarlicha sug‘ormaslik oqibatida ro‘y beradi.
  • G‘unchasi yoki guli to‘kilishiga havoning quruqligi, kam sug‘orish, tuvak joyini tez-tez almashtirish, azot yetishmasligi va zararkundalar sabab bo‘ladi.
  • Gullari tez so‘lib qolsa, bu o‘simlikning o‘g‘itga muhtojligi, quyosh nuri, xona havosida namlik yetishmayotgani, haddan ortiq issiq harorat belgisi.
  • Barglari uchining sarg‘ayishi — kalьsiy yetishmasligi, yetarlicha sug‘ormaslik oqibati.
  • Yaproq va shoxlari chiriy boshlasa, bunga gullar uchun yomon shart-sharoit tufayli yuzaga kelgan kasallik, aksariyat hollarda tuprog‘idagi yuqori namlik sabab.
  • O‘simlik sekin o‘syapti yoki umuman o‘smayaptimi? Barcha o‘simliklar uchun kuz va qish sokinlik davri hisoblanadi. Bu paytda ular deyarli o‘smaydi yoki juda sekin o‘sadi. Agar bu hol bahor va yozda ham davom etsa, bunga mineral moddalar, yorug‘lik yetishmasligi va ko‘p sug‘orish sabab bo‘ladi.
  • Gullamasligi sokinlik davrining buzilishi, mineral moddalarning haddan ortiq berilgani yoki ko‘p marta tuvagini almashtirishga ham bog‘liq.
  • Sopol tuvak yuzasida yashil qoplam paydo bo‘lsa, bilingki, suvni ko‘p quygansiz.
  • Barglarda quruq dog‘lar bo‘lsa, suvning kamligidan. Agar dog‘ tushgan barglar qurimasa, ko‘p sug‘orilganidan darak bo‘ladi.
  • Barglar burishib qolsa, o‘simlik haddan ortiq sovuqda qolib ketgan bo‘ladi. Uning joyini o‘zgartirgan ma’qul.
Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 23.10.2016 11:16
- Категория: Boshqa Foydalilar!
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz