Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Kasb tanlash

Kasb
tanlash
Buyuk yozuvchilardan biri
shunday degan edi:
“Hayotda Siz uchun eng
sevimli bo’lgan kasbni
tanlab va Siz bir umr ishga
bormaysiz”. Agar kishi o’z
sevgan kasbida
ishlayotgan bo’lsa u hech
qachon har ertalab o’zini
ishga ketayapman, deb
hisoblamaydi. O’z sevgan
kasbi bilan shug’ullanish
kishiga zavq,
xursandchilik, shijoat,
rag’bat hamda ma’naviy
ozuqa beradi. O’zi
yoqtirgan ishni qilayotgan
kishi vaqt qanchalar tez
o’tib ketganligini sezmay
qoladi, u hech qachon
bajarayotgan ishidan
charchamaydi.
Bugun dunyo bo’ylab
qanchadan-qancha kishi
zavod-fabrikalarda,
idoralarda,
avtomobillarda, ish
maydonlarida ish
vaqtining tezroq tugashini
intizorlik bilan kutib,
tushlik vaqtining tezroq
kelishi ilinjida soatga
ma’yus termulib
o’tirishadi. Bu toifadagi
kishilar, o’z haddi-
harakatlaridan ma’lumki,
o’zlari yoqtirgan
mashg’ulotni o’z kasblari
sifatida tanlashmagan.
Ya’ni, ular o’zlariga
yoqmaydigan kasb bilan
shug’ullanuvchi kishilardir.
Ba’zilar “Kishi
bajarayotgan ishidan
katta daromad olsa bo’ldi-
da, kasb kishiga katta pul
keltirsa bo’lgani, uning
qilayotgan ishi o’ziga
yoqishi ikkinchi darajali”,
deb hisoblashadi. Ammo
hech bir kishi kasbidan
zavqlana olmas ekan, o’z
bajarayotgan faoliyati
orqali katta daromadga
erisha olmaydi. Balki biror
kishi shug’ullanayotgan
kasb katta foyda
keltiradigan ishdir, balki
kimlardir shu kasb ortidan
katta daromadga
erishayotgandir, ammo bu
kasbning egasida o’z
ishiga nisbatan qiziqish va
zavqlanish bo’lmasa, u
hech qachon o’z kasbidan
barakat topa olmaydi.
Shundan kelib chiqqan
holda bugun haqiqiy
hayotda kasbidan
zavqlana olganlarning
muvaffaqiyatli faoliyat
yuritayotganini, o’z
kasbini yomon
ko’rganlarning esa kunni
zerikarli bekorchilik bilan
o’tkazishayotganligini
ko’rishimiz mumkin.
Bunday sharoitda o’z
kasbini sevgan, qilayotgan
ishidan zavqlana olgan
oddiy poyafzal
ta’mirlovchisi bugungi
kunda milliardlab foyda
ko’rish mumkin bo’lgan
ilg’or tashkilotda yetuk
mutaxassis sifatida
ishlovchi, ammo o’z
kasbini yomon ko’radigan,
qilayotgan ishidan zavq
topa olmaydigan kishidan
ancha ko’proq foyda
ko’rishi mumkin.
Ishoning, kasb – bu faqat
pul topish usuli emas,
balki hayotingizning katta
qismini mazmunli
o’tkazish vositasi sifatida
ham katta ahamiyatga
ega hisoblanadi.
Agar Siz hozirgi
yoshingizda kelajakda
shug’ullanishingiz uchun
kasb tanlayotgan
bo’lsangiz, faqatgina bu
kasbdan Sizga keladigan
moddiy daromadni emas,
balki undan olishingiz
kerak bo’lgan ma’naviy
ozuqani ham hisobga
oling. Bordi-yu Siz
allaqachon biror kasbga
ega bo’lsangiz, ammo bu
kasb Sizning sevimli
kasbingiz bo’lmasa,
qilayotgan ishingizdan
zavqlana olmasangiz, o’z
bajarayotgan ishingizda
xursandchilik, ma’no
topishga intiling.
Bajarayotgan ishingizdan
zavqlanishni o’rganing.
Agar buning iloji bo’lmasa,
kasbingizni imkon qadar
o’zingiz zavqlanib
ishlaydigan faoliyat turiga
o’zgartirishga harakat
qiling.
Unutmang, Siz
kasbingizda jon
saqlashingiz emas, balki
yashashingiz kerak.
Shundagina qilayotgan
ishingiz Sizning haqiqiy
sevimli kasbingiz
hisoblanadi!

Поделись с друзьями:

- Добавлен: ADMIN
- Дата публикации: 22.02.2015 23:50
- Категория: Boshqa Foydalilar!
Рекомендуем
Raxmat Maslaxat ushin

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz