Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Kelin-kuyovlarga sovg’a tanlash.

Aslida uncha katta ahamiyatga ega bo’lmagan tadbirlarga taqdim etish uchun ham sovg’a tanlash oson ish emas, ayniqsa yosh kelin-kuyovlarga bu ancha qiyin va ma’suliyatli ish. Hamma ham 
qimmatbaho sovg’a qila olmaydi, lekin hamma sovg’asini eng yaxshi sovg’a bo’lishini xohlaydi.

Yangi oila uchun sovg’a takrorlanmas, antiqa bo’lishidan tashqari foydali ham bo’lishi kerak. 

Agar siz yosh oilaga nima sovg’a qilishni topolmasangiz birinch navbatta taxminan necha pullik sovg’a olishingizni aniqlab oling. Shundan kelib chiqib kelin va kuyovning nimalarga qiziqishini ro'yxatini tuzing. Shu ro’yxatdan kelib chiqib sovg’a oling. Oladigan sovg’angiz maxsus anjomlar (maxsus texnika) bo’lsa, yaxshisi mutaxasis bilan maslahatlashib olganingiz ma’qul. Shunda ham nima olishni bilmasangiz kelin yoki kuyovdan so’rang. 

Yana bir maslahat shuki, kelin yoki kuyovni ota-onalaridan so’rasangiz ham bo’ladi. Ular ko’pincha ko’p narsadan xabardor bo’lishadi. Siz bu bilan kelin-kuyovning xoxishidagi, kerakli bo’lgan sovg’ani taqdim etishingiz mumkin. Hech bo’lmaganda takroriy sovg’a taqdim etmaysiz.

Ko’p hollarda sovg’a pul ko’rinishida taqdim etiladi. Albatta pulga kelin-kuyovlar xoxlagan buyumlarini olishlari mumkin, lekin bu so’ngi variant bo’lishi kerak, chunki bu bilan siz o’zingizni kam e’tiborli qilib ko’rsatishingiz mumkin.

Nima sovg’a qilishingizdan qat’iy nazar hatto sovg’angizdan kelin-kuyov xabardor bo’lgan taqdirda ham uni chiroyli qilib o’rating. Chunki bejirim qog’ozni ichidagi sovg’a qiziquvchan mehmonlarni qiziqtrib, kelin-kuyovni sovg’a ochishdek yoqimli hayajonga soladi.

Doyimo u xoxlaga sovg’ani taqdim etib, o’zimiz xoxlagan sovg’ani olish nasib etsin

Поделись с друзьями:

- Добавлен: ADMIN
- Дата публикации: 22.02.2015 23:26
- Категория: Boshqa Foydalilar!
Рекомендуем
biggrin yaqshi maslaxat

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz