Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
#Lifehaсk: poyabzallarning yomon hidini qanday ketkazishni bilasizmi?

Biz kraxmal haqida juda oz ma’lumotga egamiz. Uni faqatgina ba’zi yeguliklarning tarkibiy qismi yoki kiyimlar yoqasini qotirish uchun kerakli vosita sifatida bilamiz.

#Lifehaсk’ning navbatdagi soni orqali kraxmalning yangicha xususiyatlari bilan tanishishingiz mumkin. U, ayniqsa, uy bekalari uchun ajoyib ko‘makchi bo‘lsa, ajab emas.

Yog‘ dog‘larini ketkazadi

Kimyoviy tozalash qanchalik samarali bo‘lmasin, salomatlik uchun zarar. Gilam va yumshoq mebellarga tekkan dog‘ni kraxmal yordamida osongina ketkazish mumkin.

Jonivorlarning mo‘ynasini tozalaydi

Agarda uy hayvoningiz suvdan qo‘rqsa, bu tavsiya aynan siz uchun. Mushuk yoki kuchugingiz yungiga kraxmal surtib, maxsus cho‘tka yordamida tozalang.

Zamsh matolarni oson tozalaydi

Zamsh matolarga dog‘ tekkanda, shu joyga kraxmal sepib, biroz kutish lozim. Keyin kiyim cho‘tkasida ehtiyotkorlik bilan tozalash zarur. Tayyor!

Quyosh nurlaridan kuyishda yordam beradi

Terining oftob nurlaridan kuygan joyiga kraxmalni suvda eritib surish lozim. Shunda birpasda og‘riqlardan xoli bo‘lasiz.

Sochlarni jilolantiradi

Soch ildizlariga kraxmaldan seping. U tolalarning yog‘lanishi bilan kurashadi. Bu turli kosmetik vositalardan foydaliroq.

Yoqimsiz hidlar bilan kurashadi

Qaynoq kunlarda ham krossovka yoki boshqa sport oyoq kiyimini afzal ko‘ruvchilar ko‘plab topiladi. Chunki ular qulay poyabzaldir. Biroq issiqda ulardan yoqimsiz hid taralishi noxush holat, albatta. Bu muammoni hal qilish uchun oyoq kiyimiga kraxmal sepib, tuni bilan qoldirish zarur. Nafaqat badbo‘y hid, balki dog‘lar ham ketadi.

Eski o‘yinchoqlarni tozalaydi

Kir o‘yinchoqlar bu jarayondan so‘ng yangidan hayotga keladi. Ularni kraxmal bor paketga solib, bir necha marotaba silkitish lozim va shu holda tuni bilan qoldirish kerak. Ertalab changyutgich yordamida kraxmal qoldiqlarini tozalash kifoya. O‘yinchoqlar yana yangiday bo‘ladi.

Oynalarni izsiz tozalaydi

Oyna va derazalarni yuvishning ayni vaqti. Ularni artganda lattaning izi qolishi bizga yoqmaydi. Agarda yuvuvchi vositaga ozgina kraxmal qo‘shib artilsa, derazalar juda toza bo‘ladi hamda ularda hech qanday iz qolmaydi.

Kumush buyumlarni yarqiratadi

Kumush taqinchoq yoki idishlarni yuvganda suvga ozgina kraxmal qo‘shilsa, ular xuddi yangidek yaraqlaydi.

Charm buyumlarning dog‘ini ketkazadi

Kunlar isidi, endi issiq kiyimlarni olib qo‘ysa ham bo‘ladi. Faqat avval ularni tozalashni unutmang. Bunda yana kraxmal yordamga keladi.

Charm buyumlarning dog‘ini kimyoviy tozalashga bermasdan kraxmal ko‘magida osongina ketkazish mumkin. Buning uchun dog‘ bor joyga kraxmal sepib, uni nam gubka bilan artish lozim. Dog‘ ketishi uchun shu holda biroz vaqt turishi kerak.

Umid qilamizki, ushbu noodatiy layfhaklar sizga asqotadi va kundalik hayotda ulardan foydalanasiz.

Sumbula

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 18.05.2017 18:56
- Категория: Boshqa Foydalilar!
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz