Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Qanday qilib ishlash istagiga majburlash to‘g‘risida masal

Yer yuzida bir do‘kon bo‘lgan ekan. Unda ko‘pdan beri peshtoq yo‘q edi, bo‘ron uni olib ketgandi. Yang xo‘jayin esa mix bilan oqib qo‘ymagandi, chunki har bir mahalliy aholi do‘konda istaklar sotilishini bilishardi.

Do‘kondagm mahsulotlarning navlari katta edi, bu yerda barcha narsani sotib olish mumkin: ulkan yaxtalar, kvartiralar, turmushga chiqish, korporatsiyaning vitse-prezidenti lavozimi, pullar, farzandlar, sevimli ish, chiroyli qomat, tanlovda g‘oliblik, katta avtomobillar, hukmronlik, yutuq va boshqa-boshqa narsalar. Faqat hayot va o‘lim sotilmas edi – bu bilan boshqa galaktikada joylashgan bosh ofis shug‘ullanar edi.

Do‘konga keluvchi har bir odam (bu yerga biron marta ham kelmaganlar ham bo‘lib, uyda o‘tirib, orzu qiladiganlar ham bor) birinchi navbatda o‘z orzusining narxini bilib olardi.

Narxlar turlicha edi. Misol uchun, sevimli ish barqarorlik va bashorat qilishdan voz kechish, mustaqil rejalashtirishga tayyorgarlik va o‘z hayotini qurish, o‘z kuchiga ishonish, kerakli joyda emas, o‘ziga yoqqat joyda ishlashga imkon berishga teng edi.

Hukmronlik sal qimmatroq baholanadi: o‘zining ayrim qat’iy maslaklaridan voz kechish, barcha joyda hozir bo‘lish, to‘g‘ri tushuntirish, boshqalarni rad etishni o‘rganish, o‘z bahosini bilish (u yetarli darajada yuqori bo‘lishi kerak), o‘ziga “Men” deb gapirishag ruxsat berish, atrofdagilarning ma’qullash yoki ma’qullamasligiga qaramay o‘zi haqida ma’lum qilish.

Ayrim narxlar g‘ayrioddiy tuyulardi – turmushga chiqishni hadyaga olish mumkin edi, baxtli hayot esa qimmat turardi: o‘z baxti uchun shaxsiy mas’uliyat, hayotdan lazzat olish mahorati, o‘z istaklarini bilish, atrofdagilarga moslashishga harakat qilishni inkor etish, mavjud narsalarning qadriga yetish, baxtli bo‘lishga o‘ziga ijozat berish, shaxsiy qiymatni anglab yetish, “qurbonlik” bonuslaridan voz kechish, ayrim do‘stlar va tanishlarni yo‘qotish xavfi.

Har bir do‘konga keluvchi odam ham istagini sotib olishga tayyor emas edi. Ayrimlar narxlarni ko‘rib, orqaga o‘girilib, ketishardi. Boshqalar mavjud narsani hisoblab, boshqa vositani qayerdan olishni mulohaza yuritib, uzoq xayolga berilib, turib qolishardi. Kimdir narxlarning juda ham qimmatligidan shikoyat qilardi, narxlarni kamaytirish so‘rardi yoki chegirmalar bilan qiziqardi.

O‘zidagi bor jamg‘armani chiqarib, shildiroq chiroyli qog‘ozga o‘ralgan yurakdagi orzuni qo‘lga kiritganlar ham bo‘lardi. Omadlilarga boshqa xaridorlar hasad bilan qarashardi, do‘kon egasi ularning tanishi ekanligi, hech qanday qiyinchiliksiz orzu ularga nasib qilganligini gap-so‘z qilishardi.

Do‘kon egasiga mijozlar sonini ko‘paytirish uchun ko‘pincha narxlarni kamaytirishni so‘rashardi. Lekin u har doim bundan voz kechardi, chunki bundan istaklar sifatiga putur yetardi.

Xo‘jayindan bor-yo‘g‘idan ajrab, xonavayron bo‘lishda qo‘rqish yoki yo‘qlgini so‘rashganda, u boshini chayqab, har doim tavakkal qilishga va o‘z hayotini o‘zgartirishga, odatiy bo‘lib qolgan hayotdan voz kechishga, o‘z istaklarini ro‘yobga chiqarish uchun to‘lov va kuchga ega bo‘lib, o‘zida buni sinab ko‘rishga tayyor dovyuraklar bo‘lishini aytadi.

Do‘kon devorlarida yuz yildan beri yoqimli e’lon osig‘liq turardi: “Agar sening orzuing amalga oshmagan bo‘lsa, u uchun hali to‘lov to‘lanmagan”.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 01.09.2016 22:34
- Категория: Boshqa Foydalilar!
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz