Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Ramazonda ovqatlanishning oltin qoidalari

To‘g‘ri va sog‘lom ovqatlanish insonning mukammal hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan muhim shartlardan biri hisoblanadi. Ramazon oyida ro‘za tutish ham shular jumlasiga kiradi. Ro‘za inson organizmi faoliyatiga o‘z tuzatishlarini kiritadi.

Moddalar almashishi shu tariqa ovqatlanishning  va uyquning yangi rejimiga o‘rganishga va moslashishga harakat qiladi. Yozgi davrda tun juda qisqa bo‘lgani tufayli, ko‘pchilik ro‘zadorlar saharlikka turmasdan bir marta ovqatlanishni yoki saharlik qilgandan keyin darrov yotib uxlashni afzal ko‘radi. Har ikki holat ham maqsadga muvofiq emas.

Saharlikdan voz kechish organizmdagi moddalar almashinuvining  zaiflashishiga va ochlik hissining ertaroq paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Saharlikda dasturxoningizda iloji boricha oqsilga boy oziq-ovqatlar: tuxum va achitilgan sut mahsulotlari bo‘lgani ma’qul.

Shuningdek, bu davrda organizm yanada tezroq suvsizlanadi, shuning uchun bir kunda o‘rtacha 2—2,5 litr suyuqlik ichish lozim. Taomnomangizga tabiiy sharbatlar, sho‘rva va kompotlar qo‘shish ortiqchalik qilmaydi.

Agar siz ro‘zaning oxirida ortiqcha vaznga ega bo‘lishni va qon bosimingizning oshishini xohlamasangiz, u holda bu davrda rejim bilan va to‘g‘ri ovqatlanishga rioya qilishingiz zarur.

Dasturxonni, keyin esa me’dani katta miqdordagi, ayniqsa og‘ir taomlar bilan to‘ldirish yaramaydi. Bu sizning nafaqat hazm qilish a’zolaringiz, balki yurak-tomir tizimingiz faoliyatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Iftorlikni bir piyola suv yoki bir-ikki dona xurmo bilan boshlab, organizmni yog‘lar, tuzlar va boshqa zararli moddalar bilan to‘ldirmasdan yengil salat va sho‘rva bilan davom ettirishingiz mumkin.

Dasturxondagi hamma ovqatlarni bir yo‘la yemaslikka harakat qiling, yaxshisi ovqatlar orasida 5—10 daqiqa tanaffus qiling. Bu ovqat yaxshi hazm bo‘lishiga va to‘yib ketmaslikka yordam beradi. Ovqatlarni maydaroq tishlab, uzoq va yaxshilab chaynashga harakat qiling. Iftorlikda iloji boricha xamirli, yog‘li, qovurilgan ovqatlarni va shirinliklarni kamroq iste’mol qiling.

Shirinlik  sifatida pishiriqlar va muzqaymoq o‘rniga, yaxshisi mevalarni tanlaganingiz ma’qul.

Shunday qilib, xulosa o‘rnida yana bir marta eslatamiz: Saharlikda yog‘siz go‘sht, sut mahsulotlari, sabzavotlar va mevalar iste’mol qilganingiz ma’qul. Saharlikni tong otishidan oldin qiling va saharlikdan keyin darrov uxlashga yotmaslikka harakat qiling.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 01.06.2017 01:43
- Категория: Boshqa Foydalilar!
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz