Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Stress Xotirani yo'qotadi! Xo'sh nima yechim bor?

Siz stress holatiga tushib qolganizda, tanangiz kortisol deb nomlangan gormonni ishlab chiqaradi.Bu gormonning asosiy vazifasi hayot uchun muhim sanalgan organlarga(yurak va nafas olish sistemasi) ko’proq energiyani yetkazib berishdir. Bunga sabab, stress paytida sizning muhim organlarizga ortiqcha nagruzka tushganligi uchun, ularga katta energiya kerek bo’ladi.Misol uchun , yurak tez ura boshlaydi.
 

Ba’zida stress juda foydalidir, ozginasi lekin. Negaki inson stress holatida bo’lsa, o’zi qo’lidan kelmaydigan kuchga ega bo’lishi mumkin. Bunday holatni ayniqsa imtixon oldidan sezganman, 1 semestr o’qimagan kitobni 2-3 kun mobaynida tugatib imtixonga tayyor bo’lib kirardim, albatta stress tufayli.Yoki qo’rqib ketganimizda, unga reaksiya tarzda stress vaziyatdan bizni olib chiqib keta oladigan “quvvat beradi”.

Ammo doimiy yoki haddan ziyod stress holatiga tushib qolish, miyamizni o’chirib qo’yadi, fikrlashga ta’sir qiladi, xotirani susaytiradi va miyamizdagi nerv hujayrani o’ldiradi. Kortisol gormoni ayniqsa miyani bir bo’lagi hisoblangan qisqa muddatli xotirani uzoq muddatga o’tkazishda faol qatnashuvchi gippokampusga ta’sir o’tqazadi. Bu stress gormoni gippokampusni(bu miyadagi organ yangi xotiralarni saqlab qolinishiga javobgar) qobilyatlarini chegaralab qo’yadi. Oqibatida, siz yangi ma’lumotni o’rganganizda u qisqa muddatli xotiraga o’tadi, biroq uzoq muddatli xotiraga o’tish ehtimoli ozayadi. Uzoq muddatli xotiraga o’tmagan ma’lumotni esa to’g’ri eslab qolishda muammolarga duchor bo’linadi.

O’ta ortiqcha kortisol xattoki sizning mavjud xotirangizni qayta eslab qolishga ham ta’sir qiladi.O’zim ko’p kuzatganman kimningdir hayotida qattiq stressli voqea bo’lib u ancha muddatgacha davom etsa , o’sha insonning xotira va fikrlash bo’lgan kognitiv funksiyalari susayganini. Bir tanishim bo’lar edi, u inson raqamlarni eslab qolishda juda usta edi, uning qobilyatiga havas qilar edim , lekin bir yil ichida ozgina hayotiy qiyinchilik va olilaviy muammolar tufayli(yaqinlarining vafoti ham) menga xotirasi bo’yicha noliydigan bo’lib qoldi.

 

Xo’sh , Yechim?

Bir qancha stress menejmentga oid tavsiyalar :

1. Kun davomida dam olishga va hordiq chiqarishga vaqt sarflang.Garchi bu 15 minut bo’lsa ham o’zingizga yoqadigan biron bir ishni bajaring. Tabiat qo’ynida sayr yoki asta yurish ham sizning stress darajalaringizni kamaytiradi deb ta’kidlashadi olimlar.Bir o’qituvchini bilar edim, u doimo olma yeyishni yoqtirar edi, bu unga zavq bag’ishlar ham edi, o’zingizga yoqqan mashg’ulotlarga katta e’tibor bering.

2. Kechki yaxshi uyqu ham stressni oluvchi hisoblanadi.

3. Meditatsiya, yoga mashg’ulotlari, yoki oddiy nafas olib chiqarish ham foydali hisoblanadi.

4. Sizni aynan nima shu holatga solayotganini kuzating va iloji bo’lsa ulardan qutulushni payiga tushing.

5. Klassik musiqani tinglash o’zining positive effektlarini beradi. (Diqqat Klassik va Tinchlantruvchi musiqalarni yuklab olish uchun buyerni bosing)

Bu albatta qisqagina ro’yhat, aslida uni cheksiz davom ettirsa ham bo’ladi, ammo boshlanishiga ajoyib mashqlar. Xullas, bu maqola sizga stress va xotiraga aloqador ba’zi savollaringizga javob bera oldi.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 29.10.2015 23:44
- Категория: Boshqa Foydalilar!, Salomatlik va Tibbiyot, Psixologiya
Рекомендуем
Yaxshi yeshim

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz