Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Tez semirish uchun nima qilish kerak?

Naqadar g'alati tuyulmasin, ammo ko'pchilikni qanday qilib tez semirish mumkin degan fikr qiynaydi. Oza olmayotgan odamlar bu gaplarni eshitib, ularni ustidan kulib qo'yishlari aniq! :) Bugun Moqina.Net'da qanday qilib tez vazn to'plash muammosini hal etamiz!

Kaloriyalar miqdori

Ko'pchilik yoshlar o'zlari iste'mol qilayotgan mahsulotlarning kaloriyasini hisoblab yurishadi. Buning uchun tanovvuldan oldin mahsulotning o'ramida yozilgan ma'lumotlarni diqqat bilan o'qib chiqish kerak. Zarur kaloriya va miqdorni hisoblash uchun malakali mutaxassis bilan maslahatlashish yoki internet-servislar xizmatidan foydalanish mumkin.

Ma'lumotlar quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi: 45 x tana oqirligi. Og'ir jismoniy mehnat bilan shug’ullanganda kaloriya ko'proq talab qilinadi.

Eng maqbul vazn miqdorini aniqlash uchun bo'y uzunligidan 110 santimetrni ayirish kerak. Olingan natija kerakli vazn ko'rsatkichi bo'ladi.

 

Ovqatlanish tartibi

Tez-tez, har 3-4 soatda ovqatlanish maqsadga muvofiq.

Taomlar oqsil va uglevodlarga boy bo'lishi kerak.

Nonushtani erta tongda uyqudan uyg’ongach, bir soat ichida iste'mol qilishga odatlanish kerak. Quymoq, quruq mevalar, tvorog, shuningdek sut, tvorog, rezavor mevalar va asaldan tayyorlangan kokteyl bilan kuningizni boshlagan ma'qul. O'simlik yog’i qo'shilgan bo'tqalar ham yaxshi tanlov bo'ladi.

Tushlikda salat bilan ishtahani ochib, shundan so'ng sho'rva va makaronli garnir, go'sht yoki baliq bilan kartoshkali pyurega o'tish mumkin. Oxirida shirinlik va bir finjon qahva ichiladi.

Kechki taomga sut, dudlangan go'sht va pomidordan tayyorlangan quymoq. Uyqudan oldin olma yoki nok egan ma'qul.

 

Yengil tamaddi sifatida chips, suxariklar kabilarni iste'mol qilmang.

Yaxshisi, quruq va rezavor mevalar, sut, tvorog, yong'oqlar, buterbrod, tuxum va salatlarni tanlagan ma'qul.

Ko'p miqdorda suv ichishga ahamiyat bering!

 

Ovqatlanish rejasi

Taomingiz haddan tashqari ko'p miqdorda bo'masin. Likopchaga bir talay qilib mahsulotlarni solish – to'g’ri qaror emas.

Taomni kun mobaynida tayyorlash maqsadga muvofiq. Agarda imkoni bo'lsa buni tez-tez amalga oshirgan yaxshi, sababi yangi tayyorlangan taom foydali hisoblanadi.

Ochlik hissini sezmaslik uchun uydan chiqishingizda yegulikni o'zingiz bilan oling.

 

Ushbu qoidalarga amal qilsangiz, o'z maqsadingizga erisha olasiz!

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 11.01.2016 23:10
- Категория: Boshqa Foydalilar!
Рекомендуем
Menga asqotadigan maqolakanu lekin chunmadim

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz