Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Xobbiyingiz yo'qmi? topishga yordam beramiz!

Psixologlar hayotimizni yaxshi tomonga o’zgartirishimizda, unga ma’no qo’shishimiz uchun o’z xobbimizga ega bo’lishimizni tavsiya qilishadi. To’gri, xobbi uchun turli narsalar o’lja bo’lishi mumkin. Ammo uni amalga oshirish biroz qiyin kechishi mumkin. Xo’sh, unda qanday qilib hayotimizga yorqin ranglar qo’shadigan to’gri xobbi tanlasak bo’ladi? Quyida berilgan tavsiyada bu haqida aytib o’tilgan. O’qing, ishonamiz bu tavsiyalar albatta sizga qo’l keladi. Tavsiyalar: 1 - Qadam: atrofingizda turli tuman qiziqarli odamlar . Ular bilan suhbatlashing, ularning xobbilari bilan tanishing. Xaqiqatanda o’z xobbisini yaxshi ko’rgan odam bu haqida boshqalarga bajonidil aytib beradi. Qayerdan bilasiz, suhbatdoshingizning xobbisi sizni ham ilxomlantirib, siz ham o’sha xobbini tadbiq qilib ko’rarsiz. Yaxshi manabunday qilaylik: siz bir varoq olingda, tanish-bilishlaringizning xobbisini o’sha qog’ozga tushuring. Hohlasangiz, bu ro’yxatdagilardan birini o’zingiz uchun tanlashingiz mumkin, yoki bo’lmasa, ularni ko’rib chiqqandan so’ng sizga ham biror original g’oya kelib qolar. 2 - Qadam: yaxshi ko’rgan kinolaringizni va kitoblaringizni ko’zdan kechiring, balki o’sha yerda biror qiziq xobbi haqida gapirilgandir. Albatta, barchamizga ma’lum, kino va kitobdagi so’zlar hayotdagi xaqiqiylikdan biroz uzoq bo’lishi mumkin, ammo aytishadiku chiqmagan jondan umid deb. Umid qilamiz, ular orasidan sizga yoqadigan biror xobbi topiladi. 3 - Qadam: bilimingiz oshiradigan, foydali dasturlani tomosha qiling. Ularda tez-tez antiqa odamlar va o’zgacha xobbilar haqida gapirishadi. Ulardan mosini o’zingiz uchun tanlab hayotga tadbiq etsangiz bo’ladi. 4 - Qadam: eng so’ngi qadam, bunda bolalikdagi orzularingizni va hayollaringizni yodga oling. Bolalikdagi orzular – xobbi uchun eng maroqlisidir. Balki, bolaligingizda onangizdan otga minishni so’ragandirsiz, qani o’sha orzuni endi ushaltirib ko’ring. Ehtimol, siz o’z gitarangizga ega bo’lishni istagandirsiz? Qidiring va o’zingiz istagan gitarani topib, uni chalishni o’rganing.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: ADMIN
- Дата публикации: 22.02.2015 23:33
- Категория: Boshqa Foydalilar!, Psixologiya
Рекомендуем
Qoshiq kuylash
Mani xobbiyim fudbol, menga fudbol o'ynaw uni tomowa qiliw yoki konpuyterda fudbol igrasini o'ynaw fudbol olamidan internetdan xabardor bo'liw
Xobbit dgan kino bor
Xobbiy ushin yaxshi maslaxat

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz