Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Yangi Yilni Ko'ngildagiday kutib olish uchun yetti qadam

1-qadam: Yangi yil ajoyibotlarga to`la bayram. Siz ham bolalikdagi kabi mo``jizalarga ishonasiz. Yangi yil oqshomini xush kayfiyatda, oilangiz va farzandlaringiz qurshovida, to`kin dasturxon atrofida kutib olyapsiz. Shuning o`zi bir mo``jiza emasmi? Aytishlaricha, Yangi yil kechasi qanday o`tsa, kirib kelayotgan yil ham shunday bo`lar ekan. Demak, yil davomida har kuni sizni mo``jizalar kutishiga ishoning.

2-qadam: Yangi yildan faqatgina yaxshiliklar kuting. O`tgan yil uchun shukr qiling. Yomon xayollarni ortda — eski yilda qoldirib, ular sizning ortingizdan ergashishlariga yo`l qo`ymang.

3-qadam: Yangi yilda «doim bizga bosh bo`lib yuring» deya qaynona-qaynota, ota-onangizni qutlab, bayramni siznikida kutib olishga taklif eting. Chunki siz bayramni sevimli insonlaringizsiz tasavvur qila olmaysiz.

4-qadam: Bayramona kayfiyatni o`zingiz yarata olasiz. Bolalaringiz bilan bayram kechasida archa atrofida turli o`yinlar, sahna ko`rinishlari, she`rlar aytishuvini o`tkazishingiz mumkin. Farzandlaringiz qanchalar zukko va aqlli! Bu sizning baxtingiz!

5-qadam: Sovg`aning katta-kichigi bo`lmaydi, asosiysi e`tibor. Bu haqiqat! Shuning uchun o`z qo`lingiz bilan yasagan, tikkan, to`qigan buyumlaringiz qimmatbaho narsalardan a`lo ekanligini yaxshi bilasiz. Sovg`alar bilan oila a`zolaringizni xushnud etish sizga ham xush kayfiyat bag`ishlaydi.

6-qadam: Yangi yil kechasining yagona go`zalisiz! Chunki labingizdan tabassum hech qachon arimaydi. Bejirim soch turmagi va egningizdagi orasta libos esa go`zalligingizni yana bir karra namoyon etadi.

7-qadam: Yangi yil kirib kelayotganidan darak beruvchi soat bongini eshitdingizmi? Yangi yilning ilk daqiqalarida orzu-istaklaringizni xayolingizdan o`tkazing. Ularning ijobatini chin dildan xohlang. Xayollar bir kun albatta moddiyatga aylanadi.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 31.12.2016 07:16
- Категория: Boshqa Foydalilar!
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz