Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Yer qimirlaganda nima qilish kerak

Tabiatning eng qudratli vayronkor kuchlaridan biri bu zilziladur. Boshqa ofatlardan farqi shundaki, zilzilani avvaldan aniqlab bo'lmaydi. Kutilmaganda paydo bo'ladi va o'zining ulkan talofatlarini qoldirib ketadi. Bunday vaqtda eng muhimi inson o'zining jonini saqlab qola olishi. Zilzila qanchayin kuchli bo'lmasin, har qanday vaziyatda undan omon chiqish mumkin. Bugun Moqina.Net'da sizga shu haqida ma'lumot beramiz. 

  • Zilzila bo’lganida o’zingizni qo’lga oling, vaziyatni to’g’ri baholang. Vahimaga tushib qolmang. 
  • Derazalar yonidan uzoqlashing. Binodan tashqariga chiqishga urinmang, sababi zilzila vaqtida ajralgan bo’laklar sizga tushib jarohatlashi mumkin. Ammo ta’mir talab binolar bundan mustasno. Ular zilzila vaqtida qulashi munkin, shuning uchun ulardan hovli afzalroq. 
  • Usti qattiq jismlar tagiga, ularni oyoqlarini qattiq ushlab yashirining (stol, krovat).  Yoki eshikning bir xonadan ikkinchi xonaga kiraverishdagi joy. Sababi u boshqa joylarga nisbatan mustaxkamroq bo’ladi. 

Og’ir va katta narsalar (shkaf, muzlatgich, televizor) oldida bo’lmaganingiz ma'qul. Aks holda, zilzila vaqti ular ustingizga tushib ketib  sizni og’ir jarohatlashi mumkin.

  •  Zilzila natijasida yong’in kelib chiqmaganmi tekshirib ko’ring. Gaz, suv quvurlari va elektr tokini o’chiring, ular shikastlangan bo'lishi mumkin. Gugurt, zajigalka, chiroqlarni yoqmang, aks holda shikastlangan gaz quvurlaridan olov chiqishi mumkin
  •  Uyda doimo birinchi yordam qutichasini saqlang u har qanday sharoitda kerak bo’lib qolishi mumkin, ayniqsa noxush hollarda. 

Zilzila tugaganiga ishonchingiz komil bo’lgan taqdirdagina tashqariga chiqib yordamga muhtoj odamlarga birinchi yordam ko’rsating, ammo ularni joyidan qo’zg’atmang. Favqulodda vaziyatlar xizmatchisi va tez yordamni kutganingiz maqsadga muvofiq.

 

Agar uydan tashqarida bo’lsangiz:


  •  Baland binolar va daraxtlardan uzoqroq turing. Bunday hollarda ochiq va keng joylarda bo'lganingiz afzalroq.

 Yo’lda bo’lsangiz mashinani asta sekinlik bilan to’xtatib zilzila o’tib ketishini kuting, ammo ko’prik ustida to’xtamang chunki ularning zilzila vatqi buzilish xavfi yuqori.

Zilzila payti qilinishi kerak bo’lgan narsalar ko’p va turlicha. Yuqoridagilar siz zilzila vaqtida amal qilishingiz mumkin bo’lgan asosiy maslahatlardir. Bundan tashqari ba'zi zilzila ko’p bo’ladigan davlat aholilari uylarida mushuk, baliq va shunga o’xshash uy hayvonlarini boqishar ekan. Olimlarning aytishicha, ular zilzilani oldindan his qila olish xusisiyatiga ega ekanlar. Yaponiyada ko’p qavatli binolarning hammasida akvariumda  baliq boqilar ekan, ular zilziladan oldin serharakat bo’lib qolar ekanlar. Qiziq, XXI asrning zamonaviy mashinalari aniqlay olmagan narsani shu mitti jonivorlar aniqlasa-ya!

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 11.01.2016 23:17
- Категория: Boshqa Foydalilar!
Рекомендуем
Qoil. Raxmat admin

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz