Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Yoz mavsumida hasharotlar chaqishidan saqlanish uchun tavsiyalar

Uzoq kutilgan yoz faslida bizni ko‘plab baxtli onlar va ijobiy hissiyotlar kutmoqda. Biroq shu bilan birga ba’zi noxush vaziyatlarga ham tayyor turishimiz lozim.

Yozning issiq kunlarida ko‘payadigan pashsha va arilarning chaqishidan o‘zimizni qanday himoya qilishimiz mumkin. Quyida ana shunday vaziyatlarda asqotadigan bir nechta tavsiyalarni keltirib o‘tamiz.

Pashsha chaqishining oldini olamiz

Pashshalar hujumining oldini olish uchun kechasi uzun shim va yengi uzun ko‘ylakda yotishga harakat qiling. Tananing qolgan ochiq qismiga maxsus krem, sprey yoki aerozol surishingiz mumkin.

Odatda pashshalar turli hidga turlicha reaksiya qiladi — ulardan ba’zilari uni o‘ziga tortsa, ba’zilari aksincha uzoqlashishga majbur qiladi. Shuni aytib o‘tish lozimki, agar siz kuchli hid taratuvchi atir, dezodorant, shampun yoki sovundan foydalangan bo‘lsangiz uchib yuruvchi qonso‘rar hasharotlar albatta sizga e’tibor qaratadi.

Ayniqsa, ularga ter hidi juda yoqadi. Shuning uchun imkoni boricha tez-tez dush qabul qilib turishga harakat qiling. Ular sizdan ancha naridan o‘tishi uchun esa ularga yoqmaydigan hidlardan foydalanish mumkin.

Hasharotlarga rozmarin, rayhon, yalpiz, mavrak, toshcho‘p, choy daraxti, kedr, chinnigul, evkalipt kabilarning hidi ma’qul kelmaydi. Ushbu o‘simliklarning efir yog‘iga ozgina mato yoki doka bo‘lakchalarini namlab, deraza tokchalariga qo‘yib chiqing. Tashqariga chiqayotganingizda esa tanangizning ochiq qismlariga mazkur efir yog‘idan surib qo‘ying.

Pashsha chaqishining oldini olishga erisholmagan bo‘lsangiz, yuzaga keladigan yoqimsiz oqibatlaridan qutulishga harakat qiling. Birinchi navbatda, o‘sha joyni toza suv bilan yuvib yuboring. Uni zinhor qashlamang! Yuvgandan so‘ng, antiseptik suring. Masalan, yarim stakan iliq suvga 1 choy qoshiq iste’mol sodasi aralashtirib, u bilan pashsha chaqqan joyni arting. Soda terini yumshatib, zararli mikroblardan tozalaydi. Teri qichishi butunlay yo‘qolmasa-da, sezilarli darajada kamayadi.

Arilar hujumidan himoyalanamiz

Tabiat bag‘riga chiqar ekansiz, juda yorqin va ko‘zga tashlanadigan rangli kiyimlar kiymaslikka harakat qiling. Bunday ranglar hasharotlarni o‘ziga ohangrabodek tortadi. Matodagi gullar tasvirini ham ular uzoqdan haqiqiysiga o‘xshatishi mumkin. Kuchli hidga ega atir va dezodorantlardan foydalanmaslik tavsiya etiladi.

Ari yoki bolarini uning uyi yaqinida o‘ldirmang. Aks holda ular o‘lishidan oldin o‘zidan maxsus modda chiqarib, o‘z quroldoshlarini hujumga undaydi.

Agar asalari sizga qiziqib qolgan bo‘lsa, undan qochish yoki qo‘lingiz bilan haydashga harakat qilmang. Bu uni battar darg‘azab qiladi. Joyingizda turib, chuqur nafas olib, chiqarsangiz, «tadqiqotchi» sizning gul emasligingizni payqagan zahoti uchib ketadi.

Dam olishga chiqishda o‘zingiz bilan bosh kiyimi ham olib chiqing. Chunki hasharotlar sochlaringiz orasidan chiqolmay qolsa, uning chaqish ehtimoli ham oshadi. Shuningdek, oyoq kiyimingizni yechib sayr qilmaslikka harakat qiling. Hasharotlarni bilmasdan bosib olish ham ularning muqarrar chaqishiga olib keladi.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 19.06.2016 13:27
- Категория: Boshqa Foydalilar!
Рекомендуем
Yoqmadi lekin yaxwi maslaxat

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz