Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Ayolarimizga kerakli maslahatlar

Assalomu alaykum
Gorchitsa suvda emas, sutga qorib tayyorlansa tez qurimaydi.
· Sariyog’ solingan idish issiq havoda sho’r suvda ho’llangan sochiq bilan o’rab qo’yilsa, yo’g’ erimaydi.
· Tovada qizdirilayotgan yog’ga bir chimdim tuz tashlansa, yog’ kamroq sachraydi.
· Duxovkadagi pechenya, pirog, non kuymasligi uchun qolip tagiga ozgina tuz sepish kerak.
· Ba’zan baliqlardan balchiq suv hidi yoki boshqa o’simlik hidi keladi, uni sho’r sovuq suvda yuvilsa, boyagi ko’ngilsiz hidlar yoqaladi.
· Baliqni tozalashda qo’ldan sirg’anib ketmasligi uchun barmoqlarni tuzga botirib olgan ma’qul.
· Yorilgan tuxumni qaynatib pishirayotganda oqib ketmasligi uchun uni sho’rroq suvda qaynatish lozim.
· Sabzavotni qaynatishdan oldin bir oz vaqt sho’r suvda ivitib qo’yish kerak.
· Duxovkadagi tunuka patnis zanglab qolsa, zangini elakdan o’tkazilgan qumga bulg’alangan kartoshka parraklari bilan ishqalab
ketkazish mumkin.
· Xamir qorishdan oldin har qanday unni elab oling. Bunda unda tarkibidagi kislorod ortib, xamiringiz muloyim va bo’rsildoq chiqadi.
· Xamirning tuzini past qilib qo’ygan bo’lsangiz, tuz har qancha mayda bo’lsa ham o’zini shunday sepmang. Oldin suv yoki sutda
eritib oz-ozdan qo’shib qoring.
· Masalliq yuziga tuxum surtganda cheti qolsin, aks holda chetiga silqib tushgan tuxum pishayotgan xamirning ko’tarilishiga imkon
bermaydi.
· Suvda pishgan kartoshkani sovutib, mayda ko’zli qirg’ichda qirgandan so’ng, oshirilgan xamirga aralashtirib yuborilsa, non yumshoq
va bo’rsildoq bo’ladi (bir kg unga ikki dona kartoshka hisobida).
· Xom sabzidan tayyorlanadigan salatni chuchitilgan paxta yog’i yoki smetanaga qorilsa, kishi organizmi 60 %ni o’zlashtiradi. Aksincha
yog’ yoki smetana qo’shilmay tayyorlansa, 6 %gina o’zlashtiriladi xolos.
· Idish sovuq suv bilan chayilsa, sut kuymaydi.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: ADMIN
- Дата публикации: 21.02.2015 18:38
- Категория: Ro'zg'or Maktabi!
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz