Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Cho‘yan idishni tozalashning oddiy usuli

Uyingizda “ota-bobolardan qolgan” cho‘yan qozon yoki tova bormi? Unda baxtingiz bor ekan! Chunki bunday idish o‘ziga xos noyob xususiyatlarga ega, unda tayyorlangan ovqat esa haqiqiy uy taomiga xos takrorlanmas ta’mga ega bo‘ladi.

Uning yagona tashvishi shundaki, ko‘pincha bunday idish kuygan yog‘dan iborat “abadiy” qatlam bilan qoplanib qolib, uncha chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lmaydi. Cho‘yan idishni uning yuzasini tirnamagan holda tozalab, yaraqlatish mumkinmi?

Demak, retsept quyidagicha:

Oddiy kir sovun bo‘lagi (72 foizlik bo‘lsin) va taxminan 100 grammli idishdagi PVA yelimini olamiz.

Suv solingan katta idishni, masalan, tozalash kerak bo‘lgan idishingiz bemalol sig‘adigan tog‘ora yoki chelakni olovga qo‘yamiz. Endi sovunni katta tishli qirg‘ichdan o‘tkazamiz. Suv qaynab chiqqach, sovun parchalarini unga solib, olovni pasaytiramiz. Qaynayotgan suvga PVA yelimini ham qo‘shib yuboramiz va yaxshilab aralashtiramiz.

Barchasi erib ketgach, aralashmaga cho‘yan qozon yoki tovani soling va ikki soat davomida mildiratib qaynating. Unga vaqti-vaqti bilan qaynoq suv qo‘shib turing.

Ikki soatdan so‘ng qaynatilgan idishni olib, sovuq suvda chaying va qattiq mochalka bilan ishqalang — shunda u xuddi yangidek yaraqlab ketadi!

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 01.01.2017 17:45
- Категория: Boshqa Foydalilar!, Ro'zg'or Maktabi!
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz