Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Emallangan idishlarni ishlatish va tozalash qoidalari

Oshxona idishlarining zamonaviy bozorida hali ham chiroyli va ishlatishga qulay bo‘lgan emal qoplangan idishlar katta o‘rin egallab turibdi. Emallangan idishlarning xizmat qilish muddatini uzaytirish va dastlabki chiroyini saqlab qolishga ularni to‘g‘ri tozalash va ehtiyotkorlik bilan ishlatish to‘g‘risidagi maslahatlar yordam beradi.

Emal qavatining yemirilib ketmasligi uchun haroratning keskin o‘zgarishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim, masalan qizib turgan idish ichiga sovuq suv quymaslik kerak. Emallangan yuzalarni tozalash uchun osh sodasi yoki «Ekstra» mayda osh tuzidan foydalanish mumkin (yirik tuzdan foydalansangiz emal qavati yemirilishi mumkin).

Idish ichida ovqat kuygan hollarda va tagida ketishi qiyin bo‘lgan qatlam hosil bo‘lgan bo‘lsa, tuzdan quyuq eritma tayyorlash va idishni 8-12 soat ivitib qo‘yish mumkin. Keyin kuygan idish ichida tuzli eritmani qaynatsangiz yumshab qolgan kuyindini tozalashingiz oson bo‘ladi.

Vaqt o‘tishi bilan emalь qorayadi, uni oqartiruvchi vosita yordamida avvalgi holatiga qaytarish mumkin. Qoraygan idish ichiga oqartiruvchi vositani quying va 50-60 daqiqa davomida qaynating, keyin esa ko‘proq suv bilan yaxshilab yuvib tashlang (sovuq suvni issiq idishga quyish mumkin emasligini esingizdan chiqarmang).

Emalь idishlarning sarg‘aygan yuzasini sirka yoki olma-nok qaynatmasi yordamida tozalash mumkin. Sarg‘aygan idish ichida nok va olma po‘choqlari solingan suvni qaynating va emallangan idish oldingi holatiga qaytganini ko‘rasiz.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 01.08.2017 19:43
- Категория: Ro'zg'or Maktabi!
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz