Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Gaz pechini tozalashning 6 usuli

  • Gaz pechini tozalashga kirishgan bo‘lsangiz, avvalo uning ichini qog‘oz sochiqcha bilan artib oling. So‘ng ko‘pikli suvda xo‘llangan gubkada tozalang. Gaz pechi patnisiga ozgina idish yuvish vositasi hamda suv quyib, gaz pechini 120 daraja issiqlikda yoqing. Pechning eshigi 30 daqiqa yopiq tursin. Patnisdagi suv bug‘lanib, pechning kirlangan, yog‘ tomgan joylari tozalashga osonlashadi. Gaz pechi sovigach, nam matoda hamma joyini artib olish kerak.
  • Gaz pechi devorlari hamda eshik oynasidagi dog‘ va boshqa kirlarni ketkazishda iste’mol sodasi, limon kislotasi qo‘l keladi. Buning uchun barcha mahsulotlardan bir choy qoshiqdan olib, aralashtiriladi. Gaz pechi ichkarisi va eshigini xo‘l matoda artib, so‘ng matoni aralashmaga botirib, kir joylari ishqalab chiqiladi. 15 daqiqadan so‘ng toza matoda artib tashlash lozim.
  • Gaz plitasining ustki qismi va pechdagi katta bo‘lmagan kirlanishlarni suv hamda uksusning teng miqdordagi aralashmasi bilan tozalash mumkin.
  • Yog‘lardan qolgan kirlarni ketkazishni muammo deb hisoblamang. Uksus va suvni teng miqdorda aralashtirib, tozalash lozim bo‘lgan joylarini artib chiqing. So‘ng ozgina iste’mol sodasidan seping. Uksus hamda soda reaksiyaga kirishib, gaz plitasi ustidagi yog‘larni parchalaydi. Agar sizga uksusning hidi yoqmasa, uning o‘rniga limon kislotasini ham ishlatishingiz mumkin.
  • Gaz pechini oddiygina nashvadil spirti bilan ham tozalasa bo‘ladi. Nashvadil spirtida xo‘llangan mato bilan artiladi. Keyin gaz pechini 10 soat davomida ochmaslikka harakat qiling, yaxshisi bu ishni tunda qilgan ma’qul. Ertalab toza mato bilan barcha yuzalarni artib, hid tarqab ketishi uchun gaz pechini biroz ochib qo‘ying.
  • Yaxshi tozalovchi vositalardan biri bu — ammiak. Gaz pechi patnisiga 200 ml ana shu moddadan quyib, qolgan qismini suv bilan to‘ldiring. Matoni bu aralashmada xo‘llab oling. Patnisni esa gaz pechi ichiga 30 daqiqaga tiqib qo‘ying. Qo‘lingizga rezina qo‘lqop kiyib, gaz plitasining yuzasini xo‘llangan mato bilan artib chiqing. Yarim soatdan keyin gaz plitasining yuzasi va ichini toza mato bilan artib oling.
Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 04.12.2017 21:46
- Категория: Ro'zg'or Maktabi!
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz