Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Kir yuvish qoidalari

Matoni suvda ivitishdan avval unga yopishtirilgan yorlig‘iga nazar soling. Qanday haroratda, qanday kir yuvish kukunidan foydalanish lozimligini bilib oling. Bu kiyimning uzoq xizmat qilishida juda muhim.

  • Mato rangi ham e’tibordan chetda qolmasin. Issiq suvga bir uchini botirib ko‘rishingiz mumkin. Agarda suvga ozgina rangi chiqsa, demak, issiq suv ishlatib bo‘lmaydi. Aksincha bo‘lsa bemalol ivitib yuvishingiz mumkin.
  • Yodingizda bo‘lsin, kir oqartiruvchi eritmaning hammasi ham foydali bo‘lavermaydi. Avval matoning yorlig‘ida oqartiruvchi eritma uchun ruxsat bor-yo‘qligiga qiziqib ko‘ring. Chunki ba’zi matolar ko‘rinishidan mustahkam bo‘lsa-da, aslida turli eritmali ishqorlarga juda ta’sirchan bo‘ladi. Natijada esa matoning rangi xiralashishi yoki umuman zararlanishi mumkin.
  • Suvga kir yuvish kukunidan solganingizdan so‘ng albatta uni aralashtiring. Yo‘qsa, kiyim matosida kukuning rangi saqlanib qoladi.
  • Yuvilgan kirlarni albatta sovuq suvda chaying. Chunki sovuq suv libos matosini taranglashtiradi va kir yuvish kukunidan hosil bo‘lgan ko‘pikni yaxshi ketkazadi.
Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 25.09.2017 21:33
- Категория: Ro'zg'or Maktabi!
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz