Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Kiyimdagi dog‘larni osonlik bilan yo‘qotamiz

Biz sevib kiyadigan birorta kiyimimizga dog‘ tekkan bo‘lsa, uni ketkazish juda qiyin deb o‘ylaymiz. Ba’zan esa bu kiyimni tashlashga to‘g‘ri kelgan paytlar ham bo‘lgan. Lekin, kiyimni darrov tashlab yubormang, chunki ko‘pchilik dog‘larni kimyoviy tozalashsiz ham yo‘qotsa bo‘ladi. Ularni bemalol uyda tozalash mumkin.

Amaliy maslahatlar

Dog‘larni yo‘qotishga kirishishdan oldin, ularning kelib chiqishini va tarkibini aniqlash kerak. Ba’zan eskirgan dog‘larga faqat murakkab kimyoviy birikmalar ta’sir qilishi mumkin. Bunday hollarda oldin bu birikma kiyimning rangiga va tuzilishiga qanday ta’sir qilishini bilish muhim, buning uchun kiyimning ko‘rinmaydigan joyiga ozroq surib ko‘rish zarur.

Yog‘li dog‘lar

Yog‘ dog‘larini ketkazish uchun suv qo‘shilgan nashatir spirti va yuvish vositasidan foydalanish mumkin, undan so‘ng kiyimni toza oq gazlama ustidan dazmollash kerak.

Kiyimdagi yog‘ dog‘larini yo‘qotish uchun darhol tish poroshogi sepish va uning ustiga oq qog‘ozni og‘irroq narsa bilan bir necha soat davomida bosib turish kerak.

Ichimliklar dog‘i

Choy dog‘i ustiga shakar sepib, bir soatdan keyin odatdagidek yuvish tavsiya qilinadi.

Sharob, qahva, kakao va shokolad dog‘larini bir osh qoshiq nashatir spirtining bir litr qaynoq suvdagi eritmasi yordamida tozalash mumkin.

Pivo dog‘i sovunli suv yordamida oson ketadi.

Meva dog‘lari

Uzum va gilos dog‘lari ustidan qaynoq suv quyilsa oson yo‘qoladi. Meva dog‘larini tozalash uchun uning ustiga tuz sepib, issiq suvda bir necha daqiqa ushlab turiladi va yuvish vositasi yordamida yuviladi.

Shunga o‘xshash dog‘larni ketkazishda uni issiq sut ichida biroz ushlab turiladi va suvda yuvib tashlanadi. Eskirgan dog‘larni limon kislotasi yordamida tozalashga urinib ko‘ring.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 22.03.2017 19:21
- Категория: Ro'zg'or Maktabi!
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz