Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Layfxak: Uy ishlarini tez va oson bajarishda as qotadigan 10 maslahat

Saytimiz orqali ilk bor sizga kundalik hayotda as qotadigan, vaqtingizni tejab, rejalashtirgan ishlaringizni tez va oson amalga oshirishda yordam beradigan qulayliklar, boshqacha qilib aytganda, Layfxaklarni taqdim etamiz.

Biz nima haqida gapirayotganimizni sizga to‘liq tushuntirish uchun Layfxakning o‘zi nima ekani haqida ma’lumot bersak.

Layfxak ingliz tilidan olingan so‘z bo‘lib, “life hasking” – “hayot ayyorliklari”, “halq xikmatlari”, soddaroq qilib aytganda esa “foydali maslahatlar” degan ma’nolarni anglatadi. Ushbu termin kundalik ishlarni vaqtni tejash maqsadida tez va oson bajarish, har narsada qulaylik yaratish usullarini o‘rgatish maqsadida ishlatiladi. Odatda layfxakni insonning o‘zi o‘ylab topadi va qulaylik yaratish bobidagi “ixtiro”larini boshqalar bilan bo‘lishadi.

Shunday qilib, e’tiboringizga ana shunday 10 ta layfxakni taqdim etamiz.

1. Yog‘och mebeldagi qirilgan, chizilgan joylarni ketkazish uchun o‘sha joylarni oddiy yong‘oqning mag‘zi bilan arting.

2. Quymoq tayyorlashda odatda suyuq ko‘rinishdagi hamir tovaga cho‘mich yordamida solinadi. Agar uyda ketchup idishining bo‘sh qutisi bo‘lsa, qopqoq qismini oching, ochilmasa pichoq yordamida kesib ichiga quymoq massasini soling. Ketchup idishining qopqog‘ini kesib ochgan bo‘lsangiz, ichiga suyuq hamirni solgach, uni skotch bilan mahkamlang. Tovaga shu holatda hamirni quyish qulay, bundan tashqari ularni maxsus shakl ichida pishirmoqchi bo‘lsangiz, ichiga qancha massa quyayotganingizni ko‘rib turasiz.

3. Kiyimga yog‘ to‘kilganda, odatda, dog‘ hosil bo‘ladi. Bunday dog‘ni qo‘lda bir necha marta yuvibgina ketkazish mumkin. Kir yuvish mashinasida ketkazish esa juda qiyin. Shunday holatlarda kiyimning yog‘ tekkan joyiga oddiy melni yaxshilab surkang. Bir  soat o‘tgach, mel yog‘ni shimib oladi. Aytish kerakki, bu usul odatda yangi paydo bo‘lgan yog‘ dog‘larini ketkazishda samarali natija beradi.

4. Yuvinish xonasining jo‘mrak qismi odatda zang bosib yoki mayda toshchalar to‘lib qoladi. Yupqa selofan paketchasiga suv soling, unga 1 osh qoshiq uksus qo‘shing. So‘ng uni jo‘mrakka kiygazib, rezina bilan mahkamlab qo‘ying. Shunday qilingki, jo‘mrak suv ichiga botib tursin. 1 saotdan so‘ng, u yangidek bo‘ladi.

5. Agar yumshoq gilamning ustiga qo‘yilgan mebelь uni ezib qo‘ygan bo‘lsa, sanchqi yordamida gilamning ezilgan joyini tarang. Gilam asl ko‘rinishiga keladi.

6. Qo‘l ostingizda doimo taomga solish uchun yam-yashil ko‘katlar bo‘lishini istasangiz, bir necha bog‘ ko‘katlarni olib to‘g‘rang va ozginagina zaytun yog‘ini qo‘shib aralashtiring, so‘ng maxsus muz katakchalari tayyorlanadigan shaklga solib muzlatgichga qo‘ying. Kerakli vaqtda ularni taomga solaverasiz.

7. Xarid qilingan banan tez qorayib qolmasligi uchun uning bandini selofan paket bilan yopib qo‘yish kerak.

8. Oyoq kiyimning oq rezina yoki charm qismi kirlangan bo‘lsa, tish pastasi bilan tozalash foyda beradi.

9. Odatda tortning bir bo‘lagi kesilgach, pichoq tekkan joy biroz qattiqlashib qoladi. Shunday holat yuzaga kelmasligi uchun, tortning kesilgan qismini buxanka nonining uzunasiga kesilgan bo‘laklari bilan yopib qo‘yish lozim.

10. Barra piyozni xush ko‘rasizmi? Hovlida emas, ko‘p qavatli uyda ismiqomat qilasizmi? Uyda barra piyoz yetishtirishning oson yo‘li bor. Buning uchun ichimlik suvidan bo‘shagan yelim idishni olib ichini o‘g‘itlangan tuproq bilan to‘ldirasiz. So‘ng uning bir necha joyini yong‘oq kattaligida teshib, o‘sha joylarga piyozchalarni tiqib chiqasiz. Keyin esa suv quyasiz. Bir hafta o‘tib, barra piyoz o‘sib chiqishni boshlaydi. Ko‘kat, hatto, kesib olinganidan keyin ham o‘sishda davom etadi.

Umida Yakubova

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 06.03.2017 22:39
- Категория: Ro'zg'or Maktabi!
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz