Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Nima uchun muzlatgichda pomidorning ta’mi o‘zgaradi?

Amerikalik biologlar muzlatgichda saqlangan pomidorlar nima uchun ta’mini yo‘qotishi sababini aniqladilar. Bunga bag‘ishlangan tadqiqot PNAS jurnalida chop etildi, deb yozadi Kun.uz.

Florida universiteti professori Garri Kli boshchiligidagi olimlar guruhi 25 mingdan ko‘proq pomidor genining sovuq sharoitdagi holatini o‘rgandilar. Sovitish pomidor uchun jiddiy stress bo‘lib, u undagi yuzlab genlarning faoliyatiga putur yetkazadi, ulardan ba’zilari uchuvchan kimyoviy birikmalarning sintezi uchun javobgar hisoblanadi. Bu birikmalar pomidorning ta’mi va hidini to‘yingarroq qiladi. Ko‘plab enzimlar pomidor muzlatgichdan xona haroratidagi sharoitga olinganda ham tiklanmaydi.

Keyingi tahlil sovitish DNK metillashishi mexanizmida o‘zgarishlarga olib kelishini ko‘rsatdi. Metillashish genlarni uzoq vaqtga «o‘chirish» yoki «yoqish»ga imkon berishi sababli sovitishda hosil bo‘lgan buzilishlar pomidorning ta’m va hid sifatlariga uzoq muddatli effekt ko‘rsatishi mumkin

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 21.02.2017 23:43
- Категория: Ro'zg'or Maktabi!
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz