Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Qo‘l yuvish haqida olimlar rad etgan uydirmalar

Yangi tadqiqotlar qo‘l gigiyenasi to‘g‘risidagi mashhur uydirmalar —antiseptik gel, antibakterial sovunlar va iliq suvlarning samaralarini rad qiladi.

1-uydirma. Qo‘lni iliq suvda yuvish sovuq suvga qaraganda foydaliroq

Aslida hech narsa suvning haroratiga bog‘liq emas. Buni Ratger universiteti olimlari aniqladi. Tadqiqot qatnashchilari olti oy davomida qo‘llarini har xil: 16, 26, 38 darajali haroratda bo‘lgan suv bilan yuvib borishdi. Natija quyidagicha yakunlandi: sovuq suv ham, iliq suv ham bir xil miqdordagi bakteriyalarni yo‘q qildi. Shuning uchun agar sizda issiq suvni o‘chirib qo‘yishgan bo‘lsa, xavotir olmang — bu qo‘l gigiyenasiga ta’sir qilmaydi.

2-uydirma. Antiseptik gel sovun va suvning o‘rnini bosishi mumkin

Antiseptiklar haqiqatan ham zararli bakteriyalarning katta qismini yo‘q qiladi, lekin baribir sovun va suv bilan yuvishning o‘rnini to‘liq bosa olmaydi. Gel ko‘rinib turgan kirlarni ketkazishning uddasidan chiqa olmaydi, shuningdek terini kimyoviy moddalar ta’sirida ifloslanishdan tozalay olmaydi.

3-uydirma. Antibakterial sovun oddiy sovundan samaraliroq

Sovunning turi qo‘llarning tozaligi uchun hech qanday ahamiyatga ega emas. Sovunning antibakterial navlari bakteriyalarni tozalashda oddiy sovunlardan ko‘ra hech qanday afzalliklari yo‘q. Asosiysi — qo‘llarni to‘g‘ri yuvish qoidasini o‘rganish va qo‘llarni 10 soniyadan kam bo‘lmagan vaqt davomida yuvish.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 01.08.2017 19:43
- Категория: Ro'zg'or Maktabi!
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz