Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Uyda tez-tez yuvib turish lozim bo‘lgan 5 joy

Kir kutilmagan joylarda bildirmasdan to‘planish xususiyatiga ega. Chiqindilar solinadigan chelak, cho‘tkalar turadigan idish, vannaxona pardasi — bular hali tozalash vaqtida biz chetlab o‘tadigan narsalarning hammasi emas.

  1. Divan yostiqlari

Odatda biz yotoqxonadagi yostiq jildlarining tozaligiga e’tibor beramiz, lekin divan ustida turadigan yostiqlarda ko‘proq kir to‘plansa ham ular haqida unutib qo‘yamiz. Mehmonxonani har tozalaganingizda ularni changyutkich bilan tozalang.

  1. Chiqindilar solinadigan chelak

Agar chiqindilarni chiqarib tashlaganingizdan keyin ham oshxonadan yoqimsiz hid kelayotgan bo‘lsa, chelakda ovqat qoldiqlari va bakteriyalar yig‘ilib qolgan bo‘lishi mumkin. Uni sovun bilan yaxshilab yuving va dezinfeksiyalovchi vosita sepib qo‘ying. Buni hech bo‘lmasa bir haftada bir marta qiling.

  1. Pardalar va mebelь g‘iloflari

Bir qarashda ular toza ko‘rinishi mumkin, lekin aslida ular ustida changlar, bakteriyalar va mog‘orlar yig‘iladi. Shuning uchun muntazam ravishda mebellarni changyutkich bilan tozalashni va pardalarni yuvishni unutmang.

  1. Vannaxonadagi jihozlar

Bakteriyalar vannaxonaning hamma joyida to‘planadi: tish cho‘tkalar solingan idish ichida ham, sovun qutisida ham, tokchalarda ham. Shuning uchun u yerni yig‘ishtirayotganingizda hammasini dezinfeksiyalovchi vosita bilan yuvishni unutmang.

  1. Kir yuvish mashinasi

Kir yuvish mashinasini yoqimsiz hidlar va mog‘orlashdan himoya qilish uchun soda va sirkaning aralashmasi bilan yuqori haroratda kirlarsiz aylantiring. Buning uchun sodani teng miqdorda suv bilan aralashtiring va yuvish vositasi solinadigan joyga quying, barabanga esa 400 ml ga yaqin sirka soling.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 01.09.2017 20:18
- Категория: Ro'zg'or Maktabi!
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz