Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Uydagi changdan xalos bo‘lamiz

Uydagi tozalik va tartib — qandaydir ma’noda hayotingizdagi saranjomlikni ham bildiradi. Shuningdek, bu o‘zingiz va yaqinlaringizning sog‘lig‘i garovi hamdir. Uyni changdan xalos etish nima uchun bunchalik muhim?

Changning nimasi xavfli?

Arizona universiteti tadqiqotchilari ma’lumotlariga ko‘ra, ikki haftada xonadonda gorizontal yuza (pol va mebel)larning har 1 kvadrat santimetriga 6 mingga yaqin chang zarralari o‘tirib qoladi. Changning tarkibi turlicha bo‘lishi mumkin, ammo ko‘pincha u mineral zarrachalar, tekstil va qog‘oz tolalari, teri po‘stlog‘i, gul changlari va hatto kosmik changlarni ham o‘z ichiga oladi.

Olimlar changning katta qismi uyga iflos poyabzal yoki kiyim orqali emas, havo bilan birga kirishini aniqladi. Ya’ni yilning iliq fasllarida xonadonni doimiy ravishda shamollatish orqali siz chang va allergenlardan qutulmaysiz, aksincha, ularning miqdorini ko‘paytirasiz.

Changning asosiy xavfi shundan iboratki, u saprofit kanalar uchun ayni bop yashash muhitiga aylanib qoladi. Ushbu mikroorganizmlarning o‘zi deyarli xavfsiz, ammo ularning hayot faoliyati uchun zarur mahsulotlar allergiya va ko‘pincha astma paydo bo‘lishining asosiy sabablari hisoblanadi.

Allergenlardan xalos bo‘lishning uchta sinalgan usuli

1) asosiy chang yig‘uvchi buyumlarni yo‘qoting

Devorga ilingan gilam, kovrolin (xona polining butun yuzasiga to‘shalgan gilam)dan xalos bo‘ling, poldagi gilamlarni ham kamaytiring. Og‘ir matoli pardalar o‘rniga qulay va yengil, shuningdek, nam latta bilan osongina tozalanadiganlarini tanlang.

Kitoblar chang yig‘masligi uchun ularni shisha eshikli javonlarga qo‘ying. Tokchalarga qo‘yilgan mayda-chuyda buyumlarni esa butunlay olib qo‘ygan ma’qul: ular uyni saranjomlash jarayonini qiyinlashtirgani qoladi, xolos.

2) haftasiga kamida bir marta changlarni artib chiqing

Pol, tokchalar va mebelni arting, divan va gilamlarni yaxshilab changyutgich bilan tozalang. Xonadoningizdagi eng olis burchaklarga ham ho‘l latta tekkizishga erinmang. Karavotlar osti ham qolib ketmasin.

3) changga qarshi spreydan foydalaning

Uyni tozalash uchun mo‘ljallangan zamonaviy vositalar hayotingizni ancha osonlashtiradi. Masalan, changga qarshi spreylar mebeldan nafaqat chang, balki barmoq izlari, kirlarni ketkazadi, allergenlarni neytrallashtiradi va yuzalarga tabiiy jilo beradi. Spreyni yog‘och, plastik kabi barcha mebel qoplamalariga sepish mumkin, shuningdek, televizor paneli, video va audioqurilmalarni tozalashda ham foydalanish mumkin. Uni shunchaki seping, so‘ng latta bilan artib tashlang.

Afsuski changdan butunlay qutulish imkoni yo‘q, u baribir vaqti-vaqti bilan paydo bo‘lib turadi. Ammo ushbu maslahatlarga rioya qilsangiz, uyingiz ancha toza va xavfsiz bo‘ladi.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 30.05.2016 22:07
- Категория: Boshqa Foydalilar!, Ro'zg'or Maktabi!
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz