Saytni Yuklab bo'lmadi
Agar muntazam ravishda tozalash ishlarini amalga oshirsangiz, mikroblar siz uchun qo‘rqinchli emas. Bugun siz vannaxonada tartib va tozalikni saqlab turishga yordam beruvchi bir necha maslahatlar bilan tanishasiz.
Bioplyonka — biror-bir yuzada joylashgan va hujayralari bir-biriga bog‘langan ko‘plab mikroorganizmlar. Tadqiqotlarga ko‘ra vannaxona uchun vinilli pardalar bakteriyalar paydo bo‘lishi uchun mukammal muhit hisoblanadi.
Unitaz – bakteriyalar to‘planadigan joy ekanligini unutmang, shuning uchun uni muntazam ravishda tozalab turish lozim.
Buning uchun sizga: 1 stakan soda, ¼ stakan limon kislotasi, 1 osh qoshiq sovun kerak bo‘ladi. Ularning hammasini aralashtiring, formachalarga quying va qotishini kuting. Bir haftada bir necha marta bir donadan unitaz ichiga tashlang va 20 daqiqadan keyin suv oqizing.
Agar cho‘tkani konteyner ichida saqlasangiz, bakteriyalarning sevgan muhiti – namlik paydo bo‘ladi. Har 3-4 oyda cho‘tkani almashtiring.
Tish cho‘tkalari turadigan idish bakteriyalarning vannaxonadagi eng sevimli joyi hisoblanadi.
Bu chora ifloslanishning oldini olish uchun zarur. Xlor bakteriyalarni o‘ldiradi, shuning uchun rakovinani suvga to‘ldiring va 1 stakan xlorli vosita quying. 10 daqiqadan so‘ng suvni oqizing.
Yoqimsiz hidni ketkazishning eng yaxshi yo‘li. Sodani 5 daqiqa qoldiring, keyin sirkani quying, 10 daqiqadan keyin issiq suv bilan yuving.
Bu yog‘lar oltinrang stafilokokk bilan kurashishda benihoya samaralidir.
Oltinrang stafilokokk – teri infeksiyasini keltirib chiqaradigan bakteriya. Ko‘pincha bu dushman bizni vannada kutib turadi, undan xlor yordamida qutulish mumkin. Lekin u zaharli. Eng yaxshi o‘rnini bosuvchilar – timьyan va evkalipt efir yog‘lari hisoblanadi.
Endi siz hammasini bilib oldingiz. Vannaxona tozaligini nazorat qilishni o‘z zimmangizga oling.