Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Yaponcha tizim: uy yig‘ishtirishning oqilona usuli

Mari Kondo – tartibga keltirish borasida o‘zining noyob uslubi bilan mashhur bo‘lgan yaponiyalik mutaxassis. Bu uslub yordamida siz har qanday tartibsizliklarni osongina bartaraf etasiz. Biz uning sizga Yangi yil arafasida uyni yig‘ishtirishda qo‘l keladigan bir nechta qoida va maslahatlari bilan tanishtirmoqchimiz.

Hammasini biryo‘la va darhol bajaring

Har kuni 15 daqiqadan yig‘ishtirishga vaqt sarflash to‘g‘risidagi maslahatni unuting. Biror vaqtni ajrating, hammasini biryo‘la, shartta va iloji boricha tezroq hal eting.

Oldin keraksiz narsalarni tashlang, keyin saralang va yig‘ishtiring

Qaysidir buyumlarni keyinga qoldirib o‘tirmay, keraksiz narsalarning hammasini tashlab yuboring va qolganlarini qayerga joylashtirishni o‘ylang.

Osonidan boshlang

Agar kiyimga uncha o‘ch bo‘lmasangiz, kiyim-kechaklaringizdan boshlasangiz ham bo‘ladi, keyin esa, kitoblarga, qog‘ozlarga va oshxona jihozlariga o‘tishingiz mumkin.

Xonalar bo‘yicha emas, buyumlar turi bo‘yicha yig‘ishtiring

Yig‘ishtirishning birinchi qoidasi – narsalarni turiga qarab biryo‘la yig‘ishtirish. Masalan, kiyimlarni yig‘ishtirmoqchi bo‘lsangiz, biryo‘la hamma xonalardagi kiyimlarni yig‘ishtiring.

Yoqmagan narsalarning hammasini tashlang

Agar siz haqiqiy ozodalikka erishmoqchi bo‘lsangiz, sizga yoqmagan narsalarning hammasini tashlang.

Qog‘ozlardan qutuling

To‘planib qolgan qog‘ozlarning keraklilarini, ya’ni shartnomalar, shaxsiy hujjatlar va shu kabilarni ajratib oling. So‘nggi paytlarda barcha ma’lumotlarni internet tarmoqlaridan bemalol olishingiz mumkin. Shuning uchun har xil elektr asboblari va boshqa texnikalardan foydalanish qo‘llanmalarini bemalol tashlab yuborsangiz ham bo‘ladi.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 31.12.2016 07:08
- Категория: Xayotiy Maslahatlar!, Ro'zg'or Maktabi!
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz